alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SHUKRONALIK TADBIRI

10:35 15.02.2021

ADTI Klinikasi binosida Urologiya bo’limi tomonidan  «Shukronalik» tadbiri o’tkazildi.
Tadbirni Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Ulugʻbek Karimov ochib, tinch va osoyishtada o’tayotgan har bir kunimizga, sog’-salomat uyg’onganimizga shukrona keltirishimiz kerakligini ta’kidladi.
Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan kuylandi.
Urologiya bo’limi ma’naviyat bo’yicha mas’uli D. Sodiqova yurtimizda va boshqa davlatlarda bo’layotgan yangiliklar va talabalarga institut ichki tartib qoidalari, SSVning 34-soli buyrugʻi ijrosini barcha talabalar tomonidan bajarilishi, darslarga muntazam qatnashishlik, pandemiya sharoitida amalga oshirishimiz kerak bo’lgan ishlar haqida gapirdi.
Ulugʻbek Karimov tomonidan shoh va shoir  bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan bobomizning boy adabiy merosi bilish, Boburni o’rganish, gʼazal va ruboiylaridan barcha talabalar yod olishlari kerakligini ta’kidladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!