She’rlari qo‘shiqlar qanotida…

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Har bir shoir she’rlarini qo‘shiq bo‘lishini, qo‘shiq bo‘lib el diliga kirib borishini, she’rlari – qo‘shiqlari bilan el tilida yashashni orzu qiladi. Shye’r qo‘shiq bo‘lishi uchun esa unda dilni to‘lqinlantira oladigan mazmun, qalbga orom bera oladigan shakl – ohangdorlik bo‘lishi shart. Andijon viloyati, Jalaquduq tumanidan voyaga yetgan Bahodirjon Hojimatov she’rlari qo‘shiqlar qanotida parvoz qilgan shoirlarimizdan biridir.

B.Hojimatovning “Oqibatni asrang odamlar”, “Haq yo‘lni o‘zingdan boshla”, “Sog‘ingan qalblar”, “Muhammadsiz kuylarim qoldi” to‘plamlari o‘z muxlislarini topgan. Andijon davlat tibbiyot institutining farmokologiya va klinik farmokologiya kafedrasi prafessor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan shoirning talabalar bilan ijodiy uchrashuvi tashkil etildi.

Davolash fakultet dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Karimov, farmokologiya va klinik farmokologiya kafedrasi prafessor-o‘qituvchilari va shu yo‘nalishining 2-, 3-, 5-kurs talabalari ishtirkida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuv avvalida kafedra mudri To‘htasin Abdunazarov talabalarning adabiyotga munosabati, kitobxonlik darajasi va shoir haqida qaydarajada ma’lumotga ega ekanliklarini aniqlash maqsadida “Musiqiy test” o‘tkazdi. Barcha qiziqish bilan ishtirok etigan mazkur sinovda turli qo‘shiqlardan parchalar havola etildi va qo‘shiq ijrochisi, qo‘shiq she’rining muallifi yuzasidan savollar berildi. Bu sinovdan talabalar yaxshi o‘tishdi – adabiyot, san’at borasida yaxshigina bilimga ega ekanliklarini ko‘rsatishdi. Sinov jarayonida T.Abdunazarov shoir B.Hojimatovni talabalarga tanishtiridi. Talabalar kutilmagan bu uchrashuvdan cheksiz mamnun bo‘ldilar.

Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv avvalida B.Hojimatov o‘zining ona yurt, ota-onaga hurmat, inson fazilatlari, jamiyatda uchrovchi ayrim kamchiliklarni tanqid qilish mazmunida yozilgan she’rlaridan o‘qib berdi. Talabalar shoirga bolalik chog‘lari, she’r yozish jarayoni, ustozlari, jamiyatdagi islohitlarga munosabati yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Shoir talabalarning savollariga batafsil javob berish bilan birga, talabalarning bilim olishlari, institutda yaratilgan shart-sharoitlar, ijodga mugosabati, so‘nggi bor qaysi kitoblarni mutoala qilganliklari bilan qiziqdi. Savol-javoblar bahs-muzokaralarga aylanib ketdi.

Barcha uchun mazmunli o‘tgan ijodiy uchrashuv yakunida shoir o‘zining yangi kitobi – “Yaxshiyam siz borsiz” deb nomlangan to‘plamini talabalarga sovg‘a qildi. Kamtarin, samimiy shoir Bahodirjon Hojimatov bilan o‘tkazilgan uchrashuv taassurotlari shifokorlik kasbini tanlagan bo‘lsalarda qalbida ijodkorlik jo bo‘lgan, she’riyatga mehri baland talabalar yodida uzoq vaqt saqlanib qolishiga ishonamiz.

 

Odiljon Karimov,

ADTI matbuot kotibi

224