alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Sidqidil bilan qilgan mehnat hamisha el e’tiborida

17:27 29.11.2019

Andijon viloyati jarrohlar jamiyatining navbatdagi yig‘ilishida Andijon davlat tibbiyot insituti Jarroxlik va urologiya kafedrasi mudiri,  tibbiyot fanlari doktori, professor Foziljon Nishonovich Nishonovning 70 yilligiga bag‘ishlangan  tantanali kecha o‘tkazildi.

Yubiley kechani Andijon davlat tibbiyot insituti ilmiy ishlari bo‘yicha prorektori G.M.Xodjimatov ochar ekan Foziljon Nishonovichning uzoq yillik mexnati va samarali faoliyati xaqida qisqacha to‘htalib o‘tdi.


Tabrik uchun so‘z olgan Andijon viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Avazbek Xoshimovich Abdurahmonov ustozni 70 yillik yubileyi bilan tabriklab, fidokorona mehnatlari evaziga erishilgan yutuqlari va viloyat jarrohlariga bergan yordamlarini e’tirof etdi.


F.N. Nishonovning 500 dan ortik ilmiy ishlari, 15 dan ziyod ixtirolari, 11 ta monografiyasi amaliyotga tadbik kilingan. Ustozning qo‘l ostida 3 ta doktorlik, 15 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya kilingan. Bundan tashkari Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “Fan va Texnologiyani rivojlantirish jamiyati” dasturlari doirasida ustoz tomonidan qator grand va shartnomalar olishga muvaffak bo‘lingan.


Ustoz ko‘p yillardan buyon Respublika Oliy Attestatsiya Komissiyasi xirurgiya bo‘yicha ekspertlari a’zosi, ADTI Markaziy Metodik Jamiyati muammolar hay’ati raisi, Andijon viloyati Jarrohlar jamiyati raisi vazifasida faoliyat yuritib keladi.

Tadbir davomida  Andijon davlat tibbiyot insituti jarroxlik va urologiya kafedrasi dotsenti B.R.Abdullajonov ustozning barcha shogirdlari nomidan ularga mustahkam sog‘lik, kasbiy faoliyatida yangi yutuqlar va muvaffakkiyatlar tiladi.

Tadbir mehmonlaridan – Toshkent tibbiyot akademiyasi fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Murodjon SHavkatovich Hakimov F.N.Nishonovni yubleyi bilan tabriklab ezgu tilaklarini bildirdi.

Yubiley kechasida  Andijon davlat tibbiyot insituti klinikasi bosh shifokori B.J.Raxmonov, fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi mudiri E.S.Djumabaev, umumiy jarroxlik kafedrasi professori A.Ya.Urinov, professor Yu.S.Egamov, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti jarroxlik kafedrasi mudiri, t.f.d. D.M.Xakimovlar ham so‘z olib F.N.Nishonovning uzoq yillik mehnat faoliyati davomida olib borgan ishlari va ularning samarasi xaqida gapirib o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdilar.

Ustoz F.N.Nishonov ajoyib tadbir, ezgu talaklar uchun tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Tibbiyot fanlari doktori, professor Foziljon Nishonovich Nishonov tavallud kunining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir davomida sidqidil bilan qilgan mehnat hamisha el-yurt, hamkasblar e’tiborida ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldik.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!