alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SIMULYATSION TA’LIMNI SHAKLLANTIRISH

15:24 22.02.2021

Andijon Davlat tibbiyot institutida “O‘zbekiston Respublikasida simulyatsion ta’lim istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya o‘tkazildi.
Unda Rossiya tibbiy simulyatsion ta’lim jamiyatidan Aleksanr Kolish, Dog‘iston tibbiy simulyatsion ta’lim jamiyatidan Rasul Koychuyev, Armaniston tibbiy simulyatsion ta’lim jamiyatidan Suren Oganesyan, Germaniya tibbiy simulyatsion jamiyatidan esa Maksim Gorshkov va O‘zbekistondagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari ishtirok etdi. Onlayn konferensiyada institutimiz rektori M. Madazimov «Andijon davlat tibbiyot institutida simulyatsion ta’lim istiqbollari» mavzusida o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi. Ma’ruzalarda tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, milliy tibbiy simulyatsiya tayyorgarligini shakllantirish kabi mavzular yoritildi. Mavjud simulayatorlar talabalarning yuqori va sifatli ta’lim olishlari uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Ta’kidlash joizki, bunday ilmiy-amaliy onlayn konferensiya institutimizda ikkinchi bor o‘tkazilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!