Simulyatsion markazda ochiq amaliy mashg’ulot bo’lib o’tdi.

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil 27-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Simulyatsion markazida Terapevtik, ortopedik va bolalar stomatologiyasi kafedrasi assistenti B.Usmonov tomonidan ochiq amaliy mashg’ulot o’tkazildi.

Ochiq amaliy mashg’ulotda stomatologiya fakulteti dekani D.Tulanov, o’quv bo’limi boshlig’i G.Nazarova,  dekan o’rinbosari N.Musayev, terapevtik, ortopedik va bolalar stomatologiyasi kafedra mudiri R.Raimjonov  va kafedra assistentlari, shuningdek 1-Akusherlik va ginekologiya kafedrasi, Nevrologiya kafedrasi, Otorinolaringologiya kafedrasi, Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi, Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi, Reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi, Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi o’quv ishlari bo’yicha kafedra mas’ullari qatnashdilar.

Ochiq amaliy mashg’ulotda   zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo’llanildi, bundan tashqari talabalar belgilangan amaliy ko’nikmalarni fantom va mulyajlarda sifatli tarzda bajardilar.

586