alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Simulyatsiya markazida ochiq  amaliy mashg'ulot

17:43 21.11.2019

Andijon davlat tibbiyot insituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti  Travmatologiya – ortopediya, neyroxirurgiya, onkologiya, otorinolaringologiya va urologiya kafedrasida  “O’rta quloq kasalliklarini  qiyosiy tashxislashda  amaliy ko’nikmalar  o’tkazish”  mavzusida ochiq  amaliy mashgu’lot darsi o’tkazildi.  Mashg’ulotni otorinolaringologiya kursi katta  o’qituvchisi Nigora  Ergashevna Madaminova 1 guruh malakasini oshirish kursantlari bilan olib bordi.

Qatnashchilar:  VMO va QTF uslubchisi J. M. Xudayberdiyev, davolash fakulteti otorinolaringologiya kafedrasi dotsenti  Z. K.  Norboyev, travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya, onkologiya, otorinolaringologiya va urologiya kafedrasi mudiri  M. I.  Qosimho’jayev, assistentlar va shifokor- tinglovchilar.    Dars mobaynida        simulyatsiya markazidagi   mulyajlaridan keng foydalanib, amaliy ko’nikmalar bajarildi.

Darsda  interaktiv pedagogik texnologiyalardan foydalanildi. Kursantlardan S. Qahhorov,  S.Usmonovalar otoskopdan foydalanish, N.Umarov, Sh.Zohidovlar audiometriya amaliyotini bajardilar. A. Shodimatov bemorda amaliyot o’tkazdi.

Shifokor–tinglovchilar  o’tkazilgan so’rovnomada simulyatsiya markazida  dars jarayoni qiziqarli o’tqanini va  yangiliklardan boxabar bo’lganliklarini, bu amaliy ko’nikmalarni  ish faoliyatida  amaliyotga keng qo’llashlarini aytdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!