alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SIZ BORKI, HAYOT YOʻLIMIZ CHAROGʻON!

12:17 29.09.2022

Inson borki, ilm yoʻlida ustoz izidan ergashadi. Qaysi soha mutaxassisi boʻlmasin ustozlarning mehnatlari bilan komilikka erishadi. Shu bois ularni doimo qadrlaymiz, ardoqlaymiz.

Bugun Andijon davlat tibbiyot institutida ham 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosib nishonlandi. Bayramona bezatilgan institut xovlisida goʻzal kuy-qoʻshiq va raqslar bilan professor-oʻqituvchilar tantanali kutib olindi. Talabalar tomonidan ularga gullar taqdim etildi. Institut rektori M.Madazimovning bayram tabrigini Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Salohiddinov oʻqib eshittirdi.

Shundan soʻng, institut ilmiy kengashlar zalida ustozlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Unda xodimlar va talabalar tomonidan fidoiylarni madh etuvchi sheʼrlar, qoʻshiqlar taqdim etildi. Goʻzal qoʻshiqlar ustozlarimizni ham davraga chorladi.

Har bir ustoz savollarimizga javob topadi va hayot sinovlarida bizga toʻgʻri yoʻl koʻrsatadi. Professor-oʻqituvchilarimizning shijoati va topqirligini sinovdan oʻtkazmoqchi boʻlgan talabalarimiz interfaol oʻyin oʻtkazdilar. Barcha shartlarni mohirlik bilan uddalay olgan ustozlarimiz shogirdlariga yana bir oʻrnak namunasi boʻldilar. Tadbir soʻnggida Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor B.Abdullajonov institut rektorining “1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan har bir professor-oʻqituvchi mehnatga haq toʻlashning bir barobari miqdorida mukofotlanishi toʻgʻrisida”gi  buyrugʻini oʻqib eshittirdi va barchani bayram bilan qutladi.

Mana shunday koʻtarinki kayfiyatda kafedralararo bayram tadbirlari davom etmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!