alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Slovakiyalik professorlar S.Tomasikova va R.Timkovalarning Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrifi samarali davom etmoqda

15:48 07.05.2019

2019-yil 7-may kuni   talabalar va magistrlarning tibbiy bilimlarini  hamda pedagog-o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish maqsadida Slovakiya davlati Pavel Jozef Safarik nomli Koshitsa universitetidan Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv  jarayoniga jalb etilgan professorlar Slavka Tomasikova va Renata Timkovalar  institut rektori M.Madazimov bilan uchrashdilar.

Suhbat avvalida  institut rektori slovakiyalik professorlarning tashrifidan, ularni hamkorlikda dars jarayonlarida qatnashib qimmatli fikr va maslahatlarini berayotganligidan     mamnunligini izhor etdi.      O‘z o‘rnida slovakiyalik professorlar institutda ingliz tilini o‘rgatish darajasi yuqori, shuningdek,  pedagog- o‘qituvchilar  va talabalarning til o‘rganishga qiziqishlari katta ekanligini ta’kidladilar.  Jumladan, professor S. Tomasikova  o‘z fikrlarini shunday bildirdi:

–   Pedagog-o‘qituvchilar bilan suhbatlashdik, fikr almashdik. Institutdagi o‘quv jarayoni bilan tanishdik. O‘qituvchilarni tibbiyotda ingliz tilini o‘rganishi,  darslarni ingliz tilida olib borishi murakkab, lekin muhim jarayon. Ularning bilim darajasini yanada oshirish lozim. Bunda albatta yaqindan yordam beramiz. Kelgusida hamkorlik natijalari yaxshi va samarali bo‘lishiga ishonaman. Shuningdek, Andijonning mehmondo‘st, bag‘rikeng va ochiqko‘ngil xalqidan, bizga ko‘rsatilayotgan yuksak hurmat-ehtiromdan juda mamnunman.

Suhbat jarayoni qiziqarli va do‘stona ruhda bo‘ldi. Professorlar Slavka Tomasikova va Renata Timkovalar tibbiyotda ingliz tilini o‘rganish, darsliklar bilan ta’minlanishi, pedagog-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, tajriba almashish xususida o‘zlarining fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdilar.Shuningdek, kelgusidagi rejalar, yangi loyihalar bo‘yicha o‘zaro kelishib oldilar.

Kunning ikkinchi yarmida slovakiyalik mehmonlar institut kengashlar zalida 9- May – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdilar. Mazkur tadbir Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari G.Daminova va  Yu.G’ofurova hamda talabalar tomonidan tashkil etildi. Тadbirni davolash fakulteti dekani B.Mamatov ochib berdi.

Tadbir yakunida talabalar va  slovakiyalik professorlar o‘rtasida chet davlatlarga chiqish, Slovakiya davlati oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni, tibbiyotda ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha  savol-javoblar bo‘ldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!