alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SOG‘LIK – BEBAHO BOYLIK

12:54 01.02.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlis Palatalarga yo‘llagan murojaatnomasidan kelib chiqqan holda, Andijon viloyati hokimi Sh.Q.Abdurahmonov tashabbusi bilan “Andijonda yoshlar o‘n kunligi” loyihasi doirasida Ulug‘nor tumani xokimi v.v.b. etib tayinlangan Sh.O‘.Sapioxunov tashabbusi bilan aholi salomatligini mustahkamlash va malakali mutahassislar ko‘rigini joylarda tashkil etish bo‘yicha 2020-yil 31-yanvar kuni Andijon viloyati Ulug‘nor tumanining, Cho‘lobod MFYda joylashgan 38-QOPda Andijon davlat tibbiyot instituti yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan  chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ko‘rikda ADTIning 14 ta mutahassisliklardan iborat 22 nafar hodimlari ishtirok etishdi. Ishchi guruh tomonidan tumanning 641 nafar aholisi tibbiy ko‘rikdan va 284 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli maslahat va yordamlar berildi.


Ko‘rik vaqtida kasallik aniqlangan davolanishi lozim bo‘lgan 12 nafar aholiga viloyat DPMlariga 7 nafariga tuman shifohonasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Shuningdek ushbu tadbirda 102 ta UTT, 91 ta EKG tekshiruvlari o‘tkazilib, lozim bo‘lganlarga mutahassis ko‘ruvi va maslahati berildi. Ko‘rik vaqtida MFYning 3 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolariga uylarida tibbiy hizmat ko‘rsatilib kerakli tavsiyalar berildi.

Ushbu tadbir davomida aholi tibbiy madaniyatini oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4063-sonli Qarorida ilgari surilgan masalalar, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi o‘rtasida seminar o‘tkazilib, kasalliklar va ularni oldini olish bo‘yicha bukletlar tarqatildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!