alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SOG‘LIK – BEBAHO BOYLIK 

15:46 22.01.2020

  Aholi salomatligini mustahkamlash va malakali mutahassislar ko‘rigini joylarda tashkil etish bo‘yicha “Adolat” sotsial demokratik partiyasining tashabbusi bilan 2020-yil 22-yanvar kuni Andijon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Xortum QFY, Zavroq MFYda joylashgan  2-QOPda Andijon davlat tibbiyot instituti yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan  chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ko‘rikda Andijon davlat tibbiyot institutining 14 ta mutahassisliklardan iborat 22 nafar hodimlari ishtirok etishdi. Ishchi guruh tomonidan tumanning 1075 nafar aholisi tibbiy ko‘rikdan va 568 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli maslahat va yordamlar berildi.

Ko‘rik vaqtida kasallik aniqlangan davolanishi lozim bo‘lgan 11 nafar aholiga viloyat DPMlariga 12 nafariga tuman shifohonasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek ushbu tadbirda 90 ta UTT, 94 ta EKG tekshiruvlari o‘tkazilib, lozim bo‘lganlarga mutahassis ko‘ruvi va maslahati berildi. Ko‘rik vaqtida MFYning 2 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolariga uylarida tibbiy hizmat ko‘rsatilib kerakli tavsiyalar berildi.

Aholi tibbiy madaniyatini oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4063-sonli Qarorida ilgari surilgan masalalar, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi o‘rtasida seminar o‘tkazilib, kasalliklar va ularni oldini olish bo‘yicha bukletlar tarqatildi.

B.Mirzakarimov

ADTI davolash ishlari bo’yicha mas’uli

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!