(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shamiz

09:30 18.12.2020

SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MUSTAHKAMLASHGA MUNOSIB HISSA QO‘SHAMIZ
TIBBIYOT SOHASIDA MUTAXASSISLAR TAYYORLAYOTGAN YETAKCHI OLIY O‘QUV YURTLARIDAN BIRI — ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI FAOLIYATIGA NAZAR.

Maqolaning asl matni

So‘lim Andijonning bahavo go‘shasida joylashgan Andijon davlat tibbiyot institutida bo‘lgan kishining dastavval tevarak-atrof obodligi-yu, orastaligidan bahridili ochiladi, kayfi yati ko‘tariladi. Oliy o‘quv yurtining bunday zamonaviy va ko‘rkamligi nafaqat shu hudud qiyofasiga husn qo‘shadi, balki u yerda ta’lim olayotgan talabalarning tabiatga mehri oshishiga ham xizmat qiladi.
Yosh tadqiqotchi — tibbiyotimiz ertasi
Bugun vodiyning faxriga aylanib ulgurgan mazkur ilm dargohi 1955-yili barpo etilgan. Hozir mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari orasida yetakchilardan. Institutning ilmiy salohiyati kundan kunga o‘sib bormoqda. Qalbida bir olam hayajon, ulkan orzular bilan bu maskanda tahsil olayotgan yigit-qiz lar o‘z ustida tinmay ishlayapti. Ilm dargohining mehridaryo ustozlari ham shogirdlari kamoli yo‘lida mehnat qilayotir. Prezidentimizning qaroriga asosan bu yil institutning 800 o‘rinli 2 ta o‘quv binosi foydalanishga topshirildi. Mustaqillik yillari bu yerda turli yo‘nalishlarda o‘n mingdan ortiq yuqori malakali shifokor tayyorlandi. Institutda barcha bilimlarni puxta egallayogan bitiruvchilar akusherlik va ginekologiya, jarrohlik va neyrojarrohlik, anatomiya, LOR, ichki kasalliklar, kardiologiya, pediatriya, teri va venerologik kasalliklar, jismoniy tarbiya davosi va sport meditsinasi, travmatologiya va ortopediya, farmakologiya, rentgen-diagnostika va rentgen-terapiya, psixiatriya yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam izlanib, ilmiy ish yoqlamoqda.
Imkoniyat — natija demak!
Ushbu ilm dargohi zimmasiga, birinchi navbatda, sog‘liqni saqlash sohasiga malakali mutaxassislarni tayyorlab berishdek zalvorli vazifa yuklangan. Ayni kezda institutda 56 ta kafedra mavjud. 621 nafar professor-o‘qituvchi olti ming nafardan ortiq talabaga (shundan 389 nafari magistrant) sabr va matonat bilan ta’lim berib kelmoqda. Shuningdek, davolash-profi laktika muassasalarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislardan 73 nafari o‘quv jarayoniga jalb etilganining o‘ziyoq, bu ilm dargohida fan va amaliyot uyg‘un ravishda olib borilayotganini ko‘rsatadi. Davolash, pediatriya, tibbiyot pedagogikasi, oliy toifali hamshiralik va shifokorlar malakasini oshi rish fakultetlari institut tasarrufi daligi va faoliyati mavjud imkoniyatlar yuksakligidan dalolat. Birgina institut qoshidagi klinikada biryo‘la yetti yuz bemor davolanishi mumkin. Klinika MRT, doppler, skaner, endoskop va boshqa zamonaviy diagnostika jihozlari bilan ta’minlangan. Shuningdek, institut qoshida Vertebrologiya, Limfologiya va Kardiojarrohlik markazlari faoliyat ko‘rsatadi. Klinikaning operatsiya zali va reanimatsiya majmualari zamonaviy masofaviy ta’lim tizimlari bilan jihozlangan. Ularda o‘quv jarayonlari va ilmiy-tadqiqot ishlarini yuqori saviyada amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud va to‘liq avtomatlashtirilgan. Institut kutubxonasi salkam uch yuz mingga yaqin kitob jamg‘armasidan iborat. Kutubxona tarkibida beshta o‘quv zali, qirqta lazer disk mavjud bo‘lib, hozirgi zamon tibbiyotining yangi g‘oyalari haqida axborot beruvchi elektron kutubxonalarni o‘z ichiga olgan.
Xorij tajribasi o‘rganilmoqda
Prezidentimiz shu yilning 27-yanvar kuni sog‘liqni saqlash sohasini va ilm-fan yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda sohadagi kadrlar ta’minoti, malakasi va salohiyati haqida fi kr bildirib, sog‘liqni saqlash tizimida 75 ming vrach faoliyat yuritayotgani hamda 2 ming 900 umumamaliyot shifokori, 10 ming tor mutaxassis yetishmasligini aytgandi. Ilmiy izlanish natijalarini hayotga tatbiq etish esa atigi 5 foizdan ham oshmasligini tanqid qilgandi. Shuningdek, tibbiyot mutaxassislarini davlat buyurtmasi asosida manzilli tayyorlash, maqsadli kvotalarni tuman, qishloq va ish joyi ko‘rsatilgan holda shakllantirish zarurligini ta’kidlagandi.
Tibbiyotda ilm-fanni rivojlantirish, ilmiy izlanishlar ning ustuvor yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Xo‘sh, bu borada Andijon davlat tibbiyot institutida qanday ishlar olib borilmoqda? — Albatta, bu borada yuqori ko‘rsatkichga erishish, ya’ni malakali shifokorlar tayyorlash uchun institut xorijiy va mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni kuchaytirishi zarur, — deydi institut rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Madamin MADA ZIMOV. — Buning uchun, eng avvalo, yetakchi xorjiy davlatlar tibbiyot oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik. Rossiya Federatsiyasi ning Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha stomatologiya yo‘nalishida talabalarni o‘qitayotgan bo‘lsak, Janubiy Koreyaning Tegu universiteti, Andijon mashinasoz lik instituti bilan hamkorlikda “Tibbiyot injiniringi” yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Rossiya Federatsiyasining N.N.Burdenko nomli milliy tibbiyot neyroxirurgiya markazi bilan ADTI klinikasi qoshida qo‘shma o‘quv-amaliy metodik markaz tashkil etildi. Ural meditsina universitetining pediyatriya yo‘nalishida hamda Germaniyaning Rostog universiteti bilan magistratura ning tibbiy biotexnologiya mutaxasisliklari tayyorlashda qo‘shma dastur tashkil etilib shartnomalar imzolandi. Shu bois institutda professor-o‘qituvchilar tomonidan barcha ta’lim yo‘nalishlari va kurslari uchun namunaviy fan dasturlari asosida ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalangan holda 521 ta ishchi o‘quv-fan dasturlari hamda o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqildi.
Ta’lim jarayoni — zamonaviy
O‘tgan o‘quv yilida institut klinikasida joylashgan “Umumiy jarrohlik”, “Jarrohlik kasalliklari”, “Urologiya”, “Oftalmologiya”, “Otorinolaringologiya”, “Neyrojarrohlik” kafedralarida telemeditsina joriy etildi. Talabalar endilikda auditoriyalarda turib, jarrohlik blogida olib borilayotgan jarrohlik muolajalarini kuzatishlari hamda jarroh bilan bevosita muloqot qilishlari mumkin. Ayni kez institutning davolash, pediatriya, tibbiyot pedagogikasi, oliy hamshiralik fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar be vosita telemeditsina orqali bilim darajasini yanada oshirmoqda. Bu, albatta, kelgusida katta marralarni ko‘zlagan, o‘qib-o‘rganaman, o‘z kasbining haqiqiy mutaxassisi bo‘lib yetishaman, degan yosh shifokorlar uchun ulkan imkoniyatlarni yaratmoqda. 2018-yildan davlatimiz rahbari qaroriga asosan institutda zamonaviy simulyatsion o‘quv markazi tashkil etildi va eng zamonaviy simulyatorlar, robotlar va trenajyorlar bilan jihozlandi. Anesteziologiya-reanimatologiya, jarrohlik, terapiya, akusherlik-ginekologiya, otolaringologiya, oftalmologiya, stomatologiya, trovmatologiya va boshqa klinik fanlar bo‘yicha zamonaviy stimulyatorlar bilan jihozlandi.
Institutda elektron va masofaviy o‘qitish bo‘yicha ta’lim platformasi yaratildi. 2011-yildayoq bosqichma-bosqich kre dit-modul tizimiga o‘tish boshlangani yaxshi samara berdi. Institutda ichki kasalliklar, kardiologiya, xirurgiya, akusherlik va ginekologiya, urologiya, pediatriya, psixiatriya, bolalar yuqumli kasalligi, onkologiya, neyroxirurgiya va bolalar jarrohligi yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlar tayyorlashda yaxshi natijalarga erishilyapti. Buning uchun institutda tashkil etilgan simulyatsion o‘quv markazining o‘rni alohida bo‘lmoqda. Kafedralar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan institut klinikalari va boshqa viloyat sog‘liqni saqlash shifoxonalarida joylashgani o‘quv va amaliyot uzviyligini ta’minlamoqda. Institutning markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida gastroenterologiya va zamonaviy immunologiya ishlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy ekspe rimentlar uchun vivarium mavjud. Iste’dodli talabalar bilan qo‘shimcha ishlash ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular orasida Ibn Sino mukofoti bilan taqdirlanganlar ham bor.
Maqsad-u manzil aniq
Nihoyasiga yetib borayotgan yilda ilm-ma’rifat va texnologiyalar rivojiga alohida ahamiyat qaratildi. Mazkur dargohda ham bu sohada yangi qadamlar tashlash rejalashtirilmoqda. — Haqiqatan, Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik bu bilimsizlikdir!”. Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak, – deydi Madamin MADAZIMOV. – Axir, taraqqiyotga eri shish uchun raqamli bilimlarni egallashimiz va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Yurtimiz “Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi” bo‘yicha pandemiya sababli biroz yuqori pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hali judayam orqadamiz. Chunki aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroqligi bor gap. Bu esa, o‘z navbatida, bir-biriga bog‘liq tibbiyot sohalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish — kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslari talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirisha miz?! Ertaga juda kech bo‘ladi. Shu bois infratuzilmaga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizni bu yil belgilab oldik. Raqamli texnologiyalar nafaqat tibbiyot xizmatlari sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni ham kamaytiradi. Shu bilan birga, eng og‘ir illat — korrupsiya balosini yo‘qotishda ham samarali vosita hisoblanadi. Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada — tibbiyotda ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so‘z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilashga olib kelishimiz mumkin. Mamlakatimizda ilm-fanni yanada rav naq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilimli, yuksak ma’rifatli va madaniyatli, haqiqiy ma’nodagi tibbiyot sohasi egasi etib tarbiyalash, boshla gan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko‘tarish asosiy maqsadimiz bo‘lib qolaveradi.
Sarhisob — kelgusi rejalar poydevori
Shu yil institut olimlari tomonidan raqam li iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi turli loyihalar ishlab chiqildi. Oliy dargohning yetuk professorlaridan G‘ulomiddin Hojimatov, Ne’matjon Mamasoliyev, Mohigul Jo‘rayeva, Dilorom Niyozmatova, Abdurayim Arziqulov, Qobiljon Xudoyberdiyev, Aleksandir Oliynik ushbu lo yihalardagi faol ishtiroki bilan tibbiyot sohasi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoq da. Keyingi uch yilda 34 ta dissertatsiya himoya qilindi. Bulardan 13 tasi doktorlik dissertatsiyalaridir. Joriy yilda esa olimlikka da’vogar xodimlarining besh nafari tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), to‘rt nafari fan doktori (DSs) darajasi unvonlarini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, institutda raqamli texnologiya loyihalari va ishlanmalarga yoshlarni jalb etishga ham katta ahamiyat qaratilyapti.
“Yosh olimlar”, “Olima ayol” uyushmalari faoliyat ko‘rsa tib kelmoqda. Iqtidorli talabalar turli nomdor stipendiyalarni qo‘lga kiritishayotir. Instituning bir qancha talabalari Rossiya va Gollandiyaning yetakchi tibbiyot institutlari da klinik ordinatura bo‘yicha tahsil olmoqda. Natijada u yerdagi davolash ishlarini o‘rga nib, o‘z ilmiy ishlarini mukammallashtirishda foydalanmoqda. Yana bir ibratli fakt: institut olimlari Angliya, Daniya, Gollandiya, Isroil, Avstriya, Estoniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston singari tibbiyotda yuqori natijalarga erishayotgan mamlakatlar bilan tajriba almashayotgani yutuqlarga asos bo‘lmoqda.
Tajriba ommalashsa, natija shu!
Ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish sifat va samaradorlikka erishishda katta ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbarining joriy yil 6-no yabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilmfan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda.
Yaqinda Andijon davlat tibbiyot instituti va Koreya milliy transport universiteti rektorlari o‘rtasidagi onlayn kelishuv ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivoj lantirishning yangi qirralarini qamrab oldi. Muloqotda ikkala oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida tashkil etilayotgan parameditsina yo‘nalishidagi qo‘shma fakultet masalasi muhokama qilindi. Muhimi, muloqotda balandparvoz gaplar bo‘lmadi. Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov va Koreya milliy transport universiteti rektori Pak Jun Xun parameditsina yo‘nalishidagi ushbu qo‘shma fakultetdan kutilayotgan aniq natijalarni belgilab oldi. Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklarining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish to‘g‘risida”gi qa roriga muvofi q institut professor-o‘qituvchilari Husniddin Aliyev, Toyir Saydullayev, Zulxumor Rahmatova, Sohibaxon Mahammatovadan iborat guruh Izboskan tumanidagi 33-, 47-, 50- va Xo‘jaobod tumanidagi 26-umumta’lim maktablarida bo‘lishdi. Ular tomonidan mazkur maktablarda ta’lim sifatini yaxshilash, o‘qituvchilar kasbiy mahoratini oshirish, ularga metodik yordam berish maqsadida mahorat darslari tashkil etildi. Olimlar bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan muloqotda bo‘lishdi. Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida o‘zbek tili va adabiyoti, kimyo, biologiya fanlari muhim ahamiyatga ega ekanligi, bu fanlarga hozirdanoq tayyorlanish kerakligi haqida tushunchalar berildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Malakali kadr birovga qaram bo‘lmaydi
— Oliy o‘quv yurti va maktablar o‘rtasidagi hamkorlik mamlakatimizning yangi taraqqiyoti davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasiz, — deydi Madamin Madazimov. – Xalqimizda yaxshi ibora bor: “Oqqan daryo oqaveradi”. Bugun maktablarda o‘qib-o‘rganayotgan bolalar orasida iqtidorlilari juda ko‘p. O‘shalarni izlab topishimiz kerak. Kelgusida ulardan ham institutimizda ta’lim olgan, O‘zbekiston qahramonlari Onesiya Saitova, Oysha Qo‘chqorova yoki tibbiyot ilm-fani cho‘qqilarini zabt etgan akademiklar Feruz Nazirov, Viktor Maleyev, yurak jarrohi Renat Akchurin singari taniqli kishilar chiqishiga shubha yo‘q. Sirasini aytganda, sog‘liqni saqlash tizimini bir daryoga qiyoslasak, Andijon davlat tibbiyot institutini shu daryoning to‘lib-toshib oqishiga xizmat qiluvchi irmoqqa mengzasak bo‘ladi. Ulkan, qudratli daryolarni baland qorli tog‘lardan boshlanuvchi irmoqlar to‘ldirgani kabi, mazkur ilm dargohidan chiqayotgan yosh, salohiyatli kadrlar ham mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shaveradi.

Ma’murjon QIYOMOV.
(“Ma rifat” gazetasi, 2020-yil 16-dekabr, № 49)