alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qiladi:

11:53 22.07.2020

2020-yil 22-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 171 (+290) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 131 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 61 nafar Andijon viloyatida, 50 nafari Surxondaryo viloyatida, 19 nafari Qashqadaryo viloyatida, 16 nafari Namangan viloyatida hamda 13 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 9 521 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (52 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 8 554 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 101 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!