alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Sog‘lom hayоt” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

15:33 15.03.2019

2019-yil 15-mart kuni institut ilmiy kengashlar zalida institutning 1-bosqich talabalari ishtirokida “Sog‘lom hayot” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatini institut psixologi O‘.Arziqulov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasini, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

Shundan so‘ng, Andijon viloyat salomatlik instituti mas’ul xodimi U.Usmonov so‘zga chiqib, o‘smirlarning sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanish, o‘quv jarayonida jismoniy faollikni oshirish to‘g‘risida fikrlar bildirdi hamda talabalarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berdi.

Suhbat jarayonida davolash fakulteti dekan muovini U.Karimov doimiy ravishda sport bilan shug‘ullanish natijasida asablar tizimi tinchlanib, inson xotirasi, diqqat e’tibori, fikrlash qobiliyati mustahkamlanishi to‘g‘risida o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!