alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SOG‘LOM OVQATLANISH” BO‘YICHA VIDEOKONFERENSIYA O‘TKAZILDI

15:25 01.06.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-sonli qarori, JSSTning arterial gipertoniya, qandli diabet, bronxial astma va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bo‘yicha klinik protokollar, standartlar hamda tavsiyalar talablarini birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirining 2019 yil 10 maydagi № 126-sonli buyrug‘i ijrosi, hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Andijon viloyatiga tashrifi davomida ADTI va SSB xodimlariga berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha “SOG‘LOM TURMUSH TARZI VA SOG‘LOM OVQATLANISH TAMOYILLARI o‘quv dasturi bo‘yicha videokonferensiya o‘tkazildi.

Videokonferensiya qatnashchilariga VMO va QT fakulteti umumiy amaliyot shifokorlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash kafedrasi katta o‘qituvchilari I.D.Ziyayeva va J.M.Xudayberdiyevlar “Ratsional ovqatlanish piramidasi. Inson salomatligida uglevod, oqsil, yog‘ va vitaminlarni tutgan o‘rni. Inson vazni va tana vazni indeksi. Ortiqcha vaznni surunkali kasalliklar kelib chiqishidagi o‘rni” mavzusida ma’ruza qilishdi.

Videokonferensiya savol javoblarga boy tarzda o‘tdi.

                                                                       Davolash (amaliyot) ishlari bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!