alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanish tamoyillari

14:24 10.07.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-sonli qarori, hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifida berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Andijon viloyati aholisini “SOG‘LOM TURMUSH TARZI VA SOG‘LOM OVQATLANISH TAMOYILLARI”  o‘quv dasturi asosida o‘qitish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.


Targ‘ibot ishlari doirasida Andijon davlat tibbiyot institutining Umumiy amaliyot shifokorlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Xudayberdiyev onlayn ravishda institutning barcha kafedralari o‘qituvchilariga “Ovqatlanish bu hayotning eng buyuk lazzatlaridan biridir” mavzusida ma’ruza qildi.


Ma’ruza davomida ishtirokchilar tomonidan sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanish tamoyillari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi, ma’ruza mavzu keng muhokama qilindi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!