2019- yil 27- aprel tongida Andijon davlat tibbiyot institutining davolash fakultetiga qarashli fakultetlar professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari institut bosh o‘quv binosi oldiga yig‘ildilar.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchisida yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan edi. Shu yo‘nalishda ADTIda ham professor-ustozlar va talabalar faollik ko‘rsatib, tongi yurish mashqlarini bajarishga kirishdilar.
Shu kuni davolash fakulteti dekani B. Mamatov boshchiligida ustoz va talabalar bir-birlari bilan hamsuhbat, hamfikr bo‘lib, bosh o‘quv bino oldidan yurib, Andijon olimpiya zahiralari sport kolleji binosi oldidan o‘tib, Andijon qilichbozlik majmuasiga binosi oldiga qadar yurib qaytdilar. Sog‘lomlashtiruvchi va chiniqtiruvchi yurish mashqlarida qatnashgan barcha ishtirokchilar a’lo kayfiyatda ish boshladilar.
Shu kuni institut harbiy kafedrasida ham o‘qituvchilar va kafedrada tahsil olayotgan kursantlar tomonidan safda yurish, qisqa masofaga yugurish va ertalabki badantarbiya mashqlari bajarildi. Mashg‘ulotlarni kafedra o‘qituvchisi Murodjon O‘lmasov kursantlar bilan birgalikda olib bordi.