alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Sog‘lomlashtiruvchi, chiniqtiruvchi yurish mashqlari bajarildi

14:57 27.04.2019

2019- yil  27- aprel tongida  Andijon davlat tibbiyot institutining davolash fakultetiga qarashli fakultetlar professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari  institut bosh  o‘quv binosi oldiga yig‘ildilar.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan  yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish  maqsadida ilgari surilgan beshta  muhim tashabbusning ikkinchisida yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari  uchun zarur sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan edi. Shu  yo‘nalishda  ADTIda ham professor-ustozlar va talabalar  faollik ko‘rsatib, tongi yurish mashqlarini  bajarishga kirishdilar.

Shu kuni  davolash fakulteti dekani  B. Mamatov boshchiligida ustoz va talabalar bir-birlari bilan hamsuhbat, hamfikr bo‘lib, bosh o‘quv bino oldidan yurib, Andijon olimpiya zahiralari sport kolleji binosi oldidan o‘tib, Andijon qilichbozlik majmuasiga  binosi oldiga qadar yurib qaytdilar. Sog‘lomlashtiruvchi va chiniqtiruvchi yurish mashqlarida qatnashgan barcha ishtirokchilar a’lo kayfiyatda ish boshladilar.

Shu kuni institut harbiy kafedrasida ham o‘qituvchilar va kafedrada tahsil olayotgan kursantlar tomonidan  safda yurish, qisqa masofaga yugurish va ertalabki badantarbiya mashqlari  bajarildi.  Mashg‘ulotlarni kafedra o‘qituvchisi  Murodjon  O‘lmasov  kursantlar  bilan  birgalikda olib bordi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!