alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SO‘Z MULKINING SULTONIGA BAG‘ISHLANGAN ANJUMAN

12:57 08.02.2019

ADTIda Hazrat  Mir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari  va yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi xodimlari tashkil etgan mazkur anjumanni institut rektori M.Madazimov ochib, buyuk mutafakkir hayoti va ijodi, el-yurt, xalq manfaati  yo‘lida olib borgan oliyjanob ishlari  xususida gapirib, anjumanga tashrif buyurgan mehmonlarni tanishtirdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi rahbari, shoira Xurshida Qo‘chqorova  yurtimizda nishonlanayotgan ikki buyuk shoir, ulug‘ siymo tavallud ayyomlari munosabati bilan  adabiyot bayramlari o‘tkazilayotganligi, ular   qoldirgan  merosning  ahamiyati xususida gapirib o‘tdi.

Tadbirga tashrif buyurgan shoir Nusrat Abdusalom Navoiy g‘azaliga bitgan muhammas va naziralarini o‘qib berdi. ADTI talabalari ijrosidagi g‘azalxonlik, she’rxonlik, mumtoz raqs va dilrabo kuy –qo‘shiqlar  kechaga o‘zgacha fayz kiritdi.

Iste’dodli talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari  barcha ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish va e’tirof bilan  kutib olindi.

Talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy kompoziziya barchaga manzur bo‘ldi. Shoira Xurshidabonu tadbirda  faol ishtirok etganlarga “Sharq yulduzi” jurnalining Andijon viloyatiga bag‘ishlangan sonini sovg‘a sifatida taqdim etdi.


Tadbirda shoira Barno Salomova ham so‘zga chiqib,  Navoiy ijodiga munosabat bildirib, o‘z ijodidan namunalar o‘qidi. Anjumanda pediatriya fakulteti 2-bosqich talabasi  Nargiza Qayumova taqdimot ma’ruza qildi. “Buyuk Alisher Navoiy” videofilmi namoyish etilib, so‘z mulkining sultoniga  yuksak ehtirom ko‘rsatildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!