alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SPARK” AVTOMOBILI KIMGA NASIB ETADI?

08:50 16.03.2021

Saytimiz va telegram kanallarimiz orqali “Ilhom” mukofoti tanlovi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilhom” mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi 503-son qarori hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 24-avgustdagi 457-sonli buyrug‘i asosida mazkur tanlovning birinchi, ya’ni saralash bosqichi o‘tkazildi. Unda fakultet va yo‘nalishlarimizdan 47 nafar talabalarimiz faol ishtirok etdilar.  Talabalarga Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Mirzohid Botirov tanlov shartlari haqida batafsil tushunchalar berdi. Shundan so‘ng ishtirokchilar adabiyotimizga oid eng sara 50 tadan test savollariga javob berdilar.

Tanlovni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A. Abduhalimov, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri M. Qo‘ziboyeva, Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi mudiri O. O‘raqova, Matbuot kotibi O. Husainova, Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi B. Abdulazizxojiyev kuzatib bordilar. Bir soat davom etgan tanlovda talabalar birgina tibbiyot sohasidagina emas, adabiyotga ham mehrlari yuqori ekanligini namoyish etdilar. Tanlov natijalarini saytimizda kuzatib boring.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!