alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Sport salomatlik garovi

11:58 21.02.2020

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobilyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo`naltirilgan tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon Davlat Tibbiyot Institutit vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor-o`qituvchilari ishtirokida sport tadbirlari uyushtitildi.

Tadbirda  sportning  mini futbol va stol tennisi  musobaqalari bo`lib o`tdi. Minifutbolda X.X.Tursunov boshchiligidagi erkak professor-o`qituvchilar jamoasi bilan Farmatsiya fakulteti 103-guruh talabalaridan iborat O.Mirzabdullayev boshchiligidagi talabalar jamoasi kuch sinashdilar.

O`yinda Reabilitologiya va jisoniy tarbiya kafedrasi o`qituvchisi O.Karimov va Z.Abdullayevalar hakamlik qildilar.

Yashil maydonda barcha komanda a’zolari mahorat bilan to`p surdilar. O`yinda hisobni Z.Isomiddinov uzatib bergan to`pni X.X.Tursunov raqiblar darvozasiga joylab qo`ydi.

Shundan so`ng o`yin yana qizib ketdi. Ikkinchi golni J.Xudayberdiyev oshirib bergan to`pni A.Toychiyev boshi bilan raqiblar darvozasiga yo`llab hisobni 2:0 ga yetkazdi.

Tanaffusdan so`ng talabalar aktivlashib, O.Mirzabdullayev javob to`pini kiritdi. Shundan so`ng o`yin yana jonlanib, O.Xalilov yana talabalar darvozasiga 3-topni kiritdi. Qiziqarli o`tgan musobaqa 3:1 hisobida X.X.Tursunov boshchiligidagi jamoa g`olib bo`ldi.

Stoll tennis bo`yicha ayollar o`rtasida o`tkazilgan musobaqalarda oftalmologiya, otorinoloringologiya, umumiy amalioyot shifokorlari, pediatriya, urologiya, ichki kasalliklar, radiologiya, stomatologiya, tez tibbiy yordam, nevrologiya kafedralari hodimlari qatnashdi.

Bu musobaqalarda barcha ayollar aktiv qatnashdi otorinolaringologiya va urologiya kafedrasi ayollari jamoasi g`olib bo`ldi. Sport tadbirlaridan hamma jismoniy hordiq chiqardilar,

X.Tursunov

VMO va QTF dekani,

J.Xudayberdiyev

VMO va QTF dekani o`rinbosari

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!