“SPORTNI SEV, SPORT BILАN YASHА”

image_pdfYuklab olish (pdf)

Futbol millionlar oʼyini boʼlibgina qolmay, inson salomatligi uchun ham foydali sport turi. Аyniqsa, boʼlajak shifokorlar bemorlarning sogʼligi bilan bir qatorda oʼzining salomatligi uchun ham qaygʼurishi darkor.

Prezidentimizning 5 ta tashabbusi doirasida “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida oʼtkazilayotgan sport oʼyinlari ham ayni muddao boʼldi. Institutimiz Davolash fakultetining 2-bosqich talabalari oʼrtasida mini futbol boʼyicha guruhlararo musobaqa boʼlib oʼtdi.

Unda yigitlar oʼzaro kuch sinashib, chaqqonlik va gʼayratlarini sinovdan oʼtkazishdi. Musobaqa yakunida 1-oʼrinni egallagan 207-guruh talabalari 1 million soʼm bilan, 2-oʼrinni olgan 222-guruh talabalari 500 ming soʼm bilan, 3-oʼrinni egallagan 201-guruh talabalari 300 ming soʼm pul mukofotlari hamda kubog, esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

125