alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Stomatologiya fakulteti 2020-2021-oʻquv yilining bitiruvchi 5-bosqich talabalari uchun Yakuniy Davlat Attestatsiyasi oʻtkazildi

12:39 02.06.2021

Stomatologiya fakulteti 2020-2021-oʻquv yilining bitiruvchi 5-bosqich talabalari uchun Yakuniy Davlat Attestatsiyasi oʻtkazilmoqda

ADTI Gospital va klinik stomatologiya kafedrasi maʼruzalar zalida Stomatologiya fakulteti bitiruvchi 5-bosqich talabalariga YADAning OSCE  koʻrinishida imtixon boʻlib oʻtdi. Bitiruvchilar OSCE ning 10 ta  stansiyasi boʻyicha imtixon topshirdilar. Unda YADA raisi, Fargʻona viloyati stomatologiya shifoxonasining bosh shifokori M. Ismoliov, fakultet dekani D. Tulanov, dekan oʻrinbosari X. Kurbanov hamda imtixon oluvchi kafedra professor-oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

Shuningdek, ADTI simulyatsiya markazida amaliy koʻnikmalar boʻyicha imtixonlar ham bo’lib, unda talabalar besh yil davomida egallagan bilimlarini amaliyotda ko’rsatib berdilar.