alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

STOMATOLOGIYA FAKULTETI TOMONIDAN MA’RUZA O‘TKAZILDI

14:14 17.12.2021

STOMATOLOGIYA FAKULTETI TOMONIDAN MA’RUZA O‘TKAZILDI

Xabar beganimizdek, Dog‘iston davlat tibbiyot universitetining yuz-jag‘ jarrohligi va xirrurgik stomatologiya kafedrasi dotsenti t.f.n. Sanera Minxailova hamda Dental implantolog t.f.n. Patimat Bagatayeva institutimizda bo‘lib, talabalarga soha bo‘yicha ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Bugun Stomatologiya fakulteti talabalari uchun ma’ruza darslari o‘tkazildi. Unda fakulteti dekani D.To‘lanov, kafedra mudirlari ishtirok etdi.

Ma’ruza darsini olib borgan hamkorlar talabalarga “Stomatologiyada og‘riqsizlantirish” va “Yuz-jag‘ sohasi kasalliklarida onkologik ehtiyotkorliklar va onkostomatologiya muammolari” mavzusida ma’lumotlar berdi. Stomatologiyada bemorlarni davolashda eng so‘nggi texnologiyalarni qo‘llash, og‘riqsizlantirish yo‘llari, onkostomatologiyada bemorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va kelib chiqish sabablarini ko‘rsatish, davo choralarini amalga oshirish borasida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, ma’ruza darsidan so‘ng hamkorlar institut rektori M.Madazimov bilan uchrashdilar. Institut rektori Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti va Andijon davlat tibbiyot institutining hamkorlik aloqalari ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani, mutaxassislarning tajriba almashinuvi, o‘tkazilayotgan ma’ruza va seminarlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar bo‘yicha fikrlar almashildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!