alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TАLАBАLАR TURАR JOYIDА INSTITUTIMIZ REKTORI RАHBАRLIGIDА DАVRА SUHBАTI TАSHKIL ETILDI

21:15 03.03.2021

Talabalarning eng zavqli onlari oʼqish davomida boʼlsa, talabalar turar joyida esa maroqli lahzalar oʼtadi. Shu boisdan ham institutimiz rektori M. Madazimov rahbarligida talabalar turar joyidagi yoshlar holidan xabar olindi.
Unda har bir talaba bilan alohida suhbat olib borildi. Аyniqsa, mazkur turar joyda ular uchun yaratilgan sharoitlar, darsdan boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, qoʼshimcha darslar uchun mashgʼulotlar olib borishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, suhbat davomida talabalarning xona ozodaligi, gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilishlari alohida taʼkidlandi.
Oʼtkazilgan suhbat yakunida “Yil talabasi – 2020” respublika tanlovining hamda Yosh akademik talabalari tomonidan ham tadbir tashkil etildi. Unda iqtidorli talabalar oʼzlarining erishayotgan yutuqlari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida soʼzlab berdilar. Fikr-mulohazalarini tengdoshlari bilan oʼrtoqlashdilar. Suhbat taassurotlarga boy oʼtdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!