alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TADBIR INTELLEKTUAL O‘YINGA AYLANIB KETDI

12:40 13.02.2021

Turkiy adabiyotning eng mashhur vakillaridan biri, o‘zining ijobiy faoliyati va kuchli siyosati bilan dunyo tarixida o‘chmas  nom qoldirgan buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 538 yilligi katta tantana bilan nishonlanmoqda. Institutimizning ilmiy kengashlar zalida oliy hamshiralik ishi yo’nalishi hamda tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishining 2-3-bosqich talabalari ishtirokida adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat kengashi a’zosi, shoira Shahlo Hamidova, institut psixologi  O‘tkirbek Arziqulov, Davolash fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Karimov,  Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi mas’uli Sohibaxon Xolmirzayeva, Xotin-qizlar masalalari kengashi raisi o’rinbosari Dilbaroy O’rmonboyeva, Pediatriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’ribosari Kozimjon Baydullayev va bir qator professor-o‘qituvchilarimiz  ishtirok etib, shoh va shoirning she’riyat va saltanat ishlaridan tashqari musiqa, san’at, bunyodkorlik  va boshqa sohalarga ham qiziqishi yuqori bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumot berdilar. Uning boy va adabiy merosini saqlash, uni kelajak avlodga yetkazish har bir o‘zbek, ayniqsa Andijon farzandining burchi ekanligini alohida ta’kidladilar.



Tadbir davomida talabalar tomonidan Bobur ijodiga oid g‘azallar va ruboiylar yangradi, she’rlari qo‘shiq bo‘lib kuylandi. Ayniqsa, alloma hayotiga oid savol va javoblar talabalarning bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Hozirjavob yoshlarning faolliklaridan tadbir intellektual o‘yinga aylanib ketdi. Eng zukko talabalarimiz To‘lan Nizomning asarlar to‘plami bilan taqdirlandilar. Andijon shahridagi 35-umumta’lim maktabi o’quvchisi Muhammadaziz Nabijonovning qo’shiqlari barchaga hush kayfiyat ulashdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!