TALABA-QIZLAR ISHTIROKIDA “MILLIYLIK BAHORI” KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABA-QIZLAR ISHTIROKIDA “MILLIYLIK BAHORI” KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI

18:23 05.03.2025

Xabaringiz bor, Andijon davlat tibbiyot institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Ayolga ehtirom” haftaligi o‘tkazilmoqda.

Bugun, 5-mart kuni mazkur haftalik doirasida fakultetlararo talaba-qizlar o‘rtasida “Milliylik bahori” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlovni institut rektorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Xolmatova kirish so‘zi bilan ochib, barcha ayol-qizlarni yaqinlashib kelayotgan go‘zallik va nafosat bayrami bilan samimiy qutladi. Talaba-qizlarga tibbiyot sohasini o‘rganish bilan birga o‘zbekona urf-odat, an’analardan xabardor bo‘lish, hunar o‘rganish muhimligini ta’kidladi.

Tanlovda hakamlar hayʼati raisi sifatida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, hayʼat aʼzolari: «Zulfiya» nomidagi davlat mukofoti sohibasi, Andijon shahar Prezident maktabi direktor o‘rinbosari R.Rustamova, institut Axborot-resurs markazi ilmiy-uslubiyat bo‘lim mudiri Y.Iminova, Xotin-qizlar psixologi U.Zokirova ishtirok etdi.

Mazkur ko‘rik-tanlovda qatnashchilar 4 ta shart bo‘yicha bellashdi. Bular: 1-tanishtiruv, 2-taniqli o‘zbek ayollari haqida ma’lumot, 3-“Alla” aytish, 4-erkin mavzu shartlari bo‘ldi.

Talaba-qizlar shartlar davomida faollik o‘zlarining qobiliyatlarini namoyish etdi. Yakunda esa adolatli tarzda jamlangan natijalar e’lon qilindi.

Unga ko‘ra:

1-o‘rinni Farmatsiya fakultetining «Farmatsiya malikalari» jamoasi;

2-o‘rinni Davolash fakultetining «Erka qizlar» hamda Pediatriya fakultetining «Nafosat malikalari» jamoasi;

3-o‘rinni Stomatologiya fakultetining “Bibixonim” jamoasi vakilalari band etdi.

G‘olib jamoalar 1-o‘rin uchun 3 000 000 (uch million), 2-o‘rin uchun 2 000 000 (ikki million), 3-o‘rin uchun 1 000 000 (bir million) so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Skip to content