alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“TALABA – TALABAGA” MA’RUZALAR KURSI DAVOM ETMOQDA

21:54 19.02.2021

Аndijon Davlat tibbiyot instituti talabalari Xarkov Milliy tibbiyot universitetining talabalari uchun tayyorlagan maʼruzalari bilan ishtirok etishlari to’g’risida avval ham habar bergan edik. Bugun institutimizning  «1-son umumiy amaliyot shifokorlari tayyorlash» kafedrasi mudiri Zuhriddin Salohiddinov hamda Ukrainadagi Xarkov Milliy tibbiyot universiteti «Klinik farmakologiya va ichki tibbiyot kafedrai mudiri Irina Knyazkova hamkorligida «Talaba – talabaga» yoʼnalishida oʼquv-pedagogik maʼruzalar kursi oʼtkazildi.
Unda Feruzabonu Qodirova “Jigar serrozi asoratining davosi” hamda Dilnoza Ibragimova “Sariqlik sindromini qiyosiy tashxislash” kabi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ikki tomonlama hamkorlikda o’tkazilayotgan bunday ma’ruzalar kursi talabalarimizning samarali ta’lim olishlari va tajriba almashishlariga katta xizmat qilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!