TALABALAR AMALIYOTI BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 13-martdagi “Tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat, magistratura talabalari, klinik ordinator (rezident)larning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish to‘g‘risida”gi №8-7-2/329-sonli Ko‘rsatma-hatiga asosan talablar ishlab chiqarish amaliyotiga biriktirilgan amaliyot rahbarlariga “Sog‘lom turmush tarzi” va “Yuqumli kasalliklar, shu jumladan koronavirus infeksiyasi profilaktikasi” mavzusida, hamda amaliyotni tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarda o‘quv ishlar prorektori A.Sh.Arziqulov seminar qatnashchilariga olib boriladiga ishlar borasida tushuntirish berdi. Yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti Ya.Yuldashev “Koronavirus infeksiyasi va uning oldini olish” mavzusida, umumiy gigiena kafedrasi katta o‘qituvchisi G.Usmanova “Sog‘lom turmush va to‘g‘ri ovqatlanish” mavzusida ma’ruza o‘qib berishdi.

B.X.Mirzakarimov 

ADTI Davolash ishlari bo‘yicha mas’ul      

191