alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Talabalar bilan dildan suhbat

17:20 15.01.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Sh.Arziqulovning stomatologiya fakulteti 1- va 2-kurs talabalari bilan o‘tkazgan uchrashuvini dildan suhbat bo‘ldi deyish mumkin. Uchrashuv davomida prorektor A.Sh.Arziqulov har birimiz yurtimizdagi tinchlik, hotirjalikni qadrlashimiz zarurligini ta’kidlar ekan, shifokorlik kasbini tanlagan yosh hamisha sidqidil bilan mehnat qilishi, bemorlarga samimiy bo‘lishi, bilim va ko‘nikmalarini boyitib borishi zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Prorektor talabalarni o‘quv jarayonidagi yangiliklar bilan tanishtirdi, bu borada talabalarning fikrlarini tingladi. Stomatologiya fakulteti dekani D.To’lanov ishtirok etgan uchrashuv davomida talabalarning kiyinish madaniyati, institut ichki tartib-qoidalari,  xorijiy tillarni o‘rganish kabi mavzularda ham fikrlar bildirildi. Talabalar samimiy muloqot uchun institut rahbariyatiga minnaddorchilik bildirdilar.

ADTI axborot xizmati 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!