alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Talabalar bilan navbatdagi uchrashuv

16:06 24.10.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori professor M.Madazimov pediatriya fakutetining 5-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot oʼtkazdi. Institut rektorining talabalar bilan uchrashuvida fakulteti dekani А.А.Gafurov va fakulteti masul xodimlari ishtirok etdilar. Muloqot avvalida  talabalarni o‘quv jarayonidagi o‘zgarishlar, yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi, talabalarning fikrlarni tingladi.

Instituti rektori elektron darsliklar, elektron ta’limni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, tibbiyot yo‘nalishidagi xalqaro yangiliklar,  institut an’analari, ichki tartib-qoidalari bilan tanishtirdi. Ta’lim jarayonida yaxshi natijalarga erishish uchun har bir sohada faollik zarurligini uqtirdi. Institutda yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanayotgan talabalar erishayotgan yutuqlarni faxr bilan eʼtirof etdi.

Talabalar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida instituti rektori tibbiyot instituti talabalari kiyinish madaniyatiga qat’iy amal qilishlari zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Yulchiyev Karimjon

Pediatriya fakulteti dekan o’rinbosari

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!