alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Talabalar bilan ochiq muloqot

17:38 18.10.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori professor Madaminjon Madazimov davolash fakutetining 4-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Institut rektorining talabalar bilan uchrashuvida  dekan movunlari ishtirok etdilar. Rektor dastavval yurtimizdagi tinchlik, hotirjamlikni asrab-avaylash barchamizning burchimiz ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, talabalarni o‘quv jarayonidagi o‘zgarishlar, yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi.

Axborot-resurs markazidagi mavjud imkoniyatlar, yangi keltirilgan elektron darsliklar, elektron ta’limni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar bilan tanishtirib o‘tdi. Tibbiyot yo‘nalishidagi xalqaro yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi. Talabalar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida tibbiyot instituti talabalari kiyinish madaniyatiga qat’iy amal qilishlari zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Talabalarga institut an’analari, ichki tartib-qoidalari bilan qisqacha tanishtirib o‘tdi. ADTI davolash fakutetining 4-bosqich talabalari institut rektori bilan o‘tgan samimiy uchrashuv davomida xorijiy aloqalar, chet tillarini o‘rganish, shartnoma to‘lovlari xususidagi  o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va yetarlicha javoblar olishdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!