alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR BILAN OCHIQ MULOQOT

15:26 16.04.2021

Ilmiy kengashlar zalida talabalar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisining o‘rinbosari Abdumannob Abdullajonov hamda institutimiz rektori M. Madazimov ishtirok etdi.

Dastavval rektor M. Madazimov  mehmon A. Abdullajonovga institutimizda talabalarning bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yetarli ekani, talabalar orasida yuqori natijalarga erishib kelayotgan yoshlar bilan yaqindan tanishtirdi. Tadbir davomida A. Abdullajonov har bir yosh puxta bilim olishi, albatta har kim yurtimizda va dunyoda xukm surayotgan siyosiy voqealardan xabardor bo‘lishi, ularga erkin fikr bildirishi lozim ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Suhbat davomida “Ibn Sino izdoshlari” terma jamoa a’zolari, Pediatriya fakultetining 4-bosqich talabasi A. Abdurashidov, 6-bosqich talabasi N. Abdumo‘minova kabi talabalarimiz bilan savol-javoblar o‘tkazildi. Albatta bunda boshqa faol talabalar, ayniqsa, xorijlik talabalar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!