alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR DIQQATIGA!

10:32 23.04.2019

Qadrli talabalar, Oliy ta’lim muaasasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida “Eng yaxshi plakat” va “Eng yaxshi maqola” nominatsiyalari bo‘yicha respublika tanlovi e’lon qilindi.
Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi.
1-bosqich oliy ta’lim muassasasi fakultetlari talabalari o‘rtasida joriy yil may oyining birinchi o‘n kunligida, 2-bosqich oliy ta’lim muassasasi miqyosida  fakultetlararo ularning g‘oliblari o‘rtasida may oyining birinchi o‘n kunligida, 3-bosqich respublika oliy ta’lim muassasalari g‘oliblari o‘rtasida  oktyabr oyining uchinchi 10 kunligida bo‘lib o‘tadi.
Tanlovning 1-2-bosqichida  yuqori o‘rinni egallagan talabalar maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.
Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar pul mablag‘lari va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining diplomlari bilan rag‘batlantiriladi.
1-o‘rin – 2 000 000 (ikki million so‘m)
     2-o‘rin – 1 500 000 ( bir million besh yuz so‘m)
      3-o‘rin – 1 000 000 (bir million so‘m)
Shuningdek, talabalarning eng sara ijodiy ishlari oliy ta’lim muassasasi gazeta va jurnallarida yoritiladi.
Tanlov to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish uchun institut ma’naviyat-ma’rifat, yoshlar bilan ishlash bo‘limi yoki “Tibbiyot gulshani” gazetasi tahririyatiga murojaat qilishingiz mumkin.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!