Talabalar diqqatiga!

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Aziz talabalar, Andijon viloyati hokimligi,O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, O‘zbekiston yoshlar itttifoqi ta’lim muassasalari boshlang‘ich tashkilotlari va boshqa mutasaddi tashkilot, muassasa va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikda viloyatda ta’lim olayotgan iqtidorli yoshlarni kashf etish va ularni moddiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida «VILOYAT HOKIMI STIPENDIYASI» tanlovini o‘tkazadi.

«VILOYAT HOKIMI STIPENDIYASI» VA UNI TAYINLASH TO‘G‘RISIDA NIZOM

  1. Umumiy qoidalar

1.1 Ushbu nizom «Viloyat hokimi stipendiyasi» tanlovini o‘tkazish va uni tayinlash tartibini belgilaydi.

1.2 «Viloyat hokimi stipendiyasi» tanlovi Andijon viloyati hokimligi,O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, O‘zbekiston yoshlar itttifoqi ta’lim muassasalari boshlang‘ich tashkilotlari va boshqa mutasaddi tashkilot, muassasa va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikda viloyatda ta’lim olayotgan iqtidorli yoshlarni kashf etish va ularni moddiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida yilda bir marotaba o‘tkaziladigan tadbir hisobalanadi.

1.3 «Viloyat hokimi stipendiyasi « tanlovida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi», «Mard o‘g‘lon» va «zulfiya « mukofoti,YOshlar ittifoqi stipendiyasi» hamda darajasi jihatidan yuqori turuvchi boshqa davlat stipendiyalari (xalqaro miqyosdagi stipendiyalar)sovrindorlari ishtirok etmaydi. SHuningdek, «Viloyat hokimi stipendiyasi» tanlovining g‘oliblari mazkur tanlovda qayta ishtirok etish huquqiga ega emas.

1.4 Tanlovda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bo‘yicha bitiruvchi (oxirgi)kurslarda tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

2. Maqsad va vazifalari

2.1 «Viloyat hokimi stipendiyasi» tanlovi viloyatda ta’lim olayotgan iqtidorli yoshlarni kashf etish, iqtidor va iste’dod sohiblari bo‘lgan yoshlarga g‘amxo‘rik ko‘rsatish orqali qo‘llab -quvvatlash, ijod va bilim cho‘qqilarini egalashlariga ko‘mak berish, iste’dod va intellektual salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadlarini ko‘zlagan holda tashkil etiladi.

2.2 «Viloyat hokimi Stipendiyasi» tanlovining asosiy vazifasi viloyatdagi oliy ta’lim muassaslarining turli yo‘nalishlarida tahsil olish davomida o‘z iqtidori  va qobiliyatini namoyon eta oladigan hamda  vatan ravnao‘i va taraqqiyotiga  o‘zining munosib  hissalarini qo‘sha oladigan yoshlarni izlab topish, ularning  ijodini respublika va xalqaro darajaga khtarish, yangi iqtidor va iste’dod qirralarini ochish. YOshlar orasida  sog‘lom rao‘obat muhitini  vujudga  keltirish qisoblanadi.

3.“Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovi o‘tkazishni tashkillashtirish va hujjatlarni qabul qilish

3.1. Andijon viloyat hokimining qaroriga muvofiq tasdiqlangan «Viloyat hokimi stipendiyasi» tanlovini tashkil etish bo‘yicha viloyat tashkiliy qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda tashkiliy qo‘mita deb yuritiladi)asosiy ishchiorgan hisoblanadi.

3.2. Tashkiliy qo‘mita tomonidan «Viloyat hokimi stipendiyasi»ga talabagorlarni ro‘yxatga olish va hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha hakamlar hay’ati tuziladi.

3.3. Hakamlar hay’ati tomonidan «Viloyat hokimi stipendiyasi»  tanloviga talabgorlani ro‘yxatga olish va hujjatlarni qabul qilish vaqti va joyi haqida ommaviy axborot vositalari hamda internet saytlari orqali e’lon berilishi ta’minlanadi..E’lonlarni berishl ishlarida viloyat teleradiokompaniyasi va viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik rtnatiladi.

3.4. Talabgorlar tomonidan ushbu Nizomning IV bobida ko‘rsatilgan hujjatlar Hakamlar hay’atiga taqdim etiladi.

 

4. Hujjatlar taqdim etish tartibi

4.1. «Viloyat hokimi stipendiyasi» tanlovida ishtirok etishga talabagorlar tomonidan Hakamlar hay’atiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

-ariza(anketa)

– shaxsini tasdiqlovchi hujjat(pasport)nusxasi

–  2dona 4×5 o‘lchamli(oq fonda) fotosurat

– sinov daftari(tabel)dan ko‘chirma(tasdiqlangan holda):

– talabgor tomnidan qilingan ilmiy ishlar nusxalari;

-talabgor tomnidan birorta sohani (qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday soha) rivojlantirish bo‘yicha taklif(asoslantirib berish sharti bilan);

– OTM rektori va boshlang‘ich tashkiloti etakchisining tavsiyanomasi;

– O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisining tavsifiy- tavsiyanomasi;

4.2. Barcha hujjatlar jildga tikilgan holda taqdim etiladi. Jildning ustki qismida talabgorning famiyaliyasi, ismi va sharifi, tahsil olayotgan oliy ta’lim muasssasining to‘liq nomi, fakulteti,kursi, guruhi ko‘rsatilgan holda bo‘lishi lozim.

  1.  Tanlov shartlari

5.1. «Viloyat hokimi stipendiyasi» tanlovi talabgorlari quyidagi talabalarga javob berishi lozim;

–  a’lo va yaxshi baholarga o‘qishi va ilmiy (ijodiy) ishlarda faol ishtirok etish;

– tillarni – davlat tilini va kamida bitta xorijiy ( Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni yaxshi bilishi,ta’lim muassasasidagi ta’lim yo‘nalishi xorijiy til hisoblangan aohida hollarda qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish;

– «Viloyat hokimi stipendiyasi»ga talabgorlar ushbu til bo‘yicha o‘z  bilimlari darajasini aniqlash va sohani (qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan har qanday soha) rivojlantirishga qaratilgan taklifini asoslantirib, himoya qilib berishi uchun tashkiliy qo‘mita tomnidan tashkil etilgan hakamlar hay’atidan suhbatdan o‘tish.

5.2. Hakmlar hay’ati tomonidan tegishli yo‘nalish bo‘yicha  chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassilar jalb qilingan holda talabgorning ijtimoiy siyosiy, ma’naviy hamda sohaviy savodxonligini aniqlashga qaratilgan 2 bosqichda suhbat tashkil etiladi.

1-bosqichda talabgornping ta’lim olish yo‘nalishi va fanlarni yaxshi o‘zlashtirganligi, ijtimoiy –siyosiy bilim darajasi ma’naviy qarashlari, viloyatda islohotlarning amalga oshirilishida etarli bilimga ega ekanligi yuzasidan suhbat olib boriladi.

2-bosqichda talabgorning sohani rivojlantirishga qaratilgan taklifini himoya qilishi va taklif amaliyotga joriy etilsa, sohani rivojlantirishini asoslab berishi yuzasidan prezentatsiya shaklida o‘tkaziladi.

5.3. Tabalgor 2bosqichli  suhbat davomida 50 balldan umumiy 100 ballgacha baholash sistemasida baholanadiyu baholash natijalari hakamlar hay’ati bayonngomasi bilan rasmiylashtiriladi.

5.4. Eng yuqori ball to‘plagan 3-5 talabgorlar (har bir oliy o‘quv yurtidan) hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqish va komissiyaga kirish uchun Tashkiliy qo‘mitaga kiritiladiyu Tashkiliy qo‘mita g‘oliblikka nomzodlarning sonini 2 tagacha qisqartirish vakolatiga ega.

  1.  Tanlov g‘olilarini aniqlash va taqdirlash

6.1. Tashkiliy qo‘mita tomonidan g‘oliblikka nomzod sifatida tasdiqlangan talabgorlar tavsiyasi viloyat hokimi raislik qiluvchi Tashkiliy qo‘mita faoliyatini muvofiqlashtirish va «Viloyat hokimi stipendiyasi» ni tayinlash komissiyasiga yuboriladi.

6.2. Komissiya  tomnidan «Viloyat hokimi stipendiyasi» tanlovining g‘olibini aniqlash masalasi ko‘rib chiqilib, tanlov g‘olibini aniqlash bhyicha komissiya qarori qabul qilinadi.

6.3. Komissiyaning qarori g‘olib talabalarga «Viloyat hokimi stipendiyasi»ni tayinlash va to‘lash haqidagi farmoyishini rasmiylashtirish uchun asao bo‘ladi.

6.4. «Viloyat hokimi stipendiyasi»ni tayinlash va to‘lash haqidagi farmoyishiga  asosan g‘olibga bazaviy hisoblash miqdorining  20 baravari miqdorida bir martalik stipendiya taynlanadi.

6.5. «Viloyat hokimi stipendiyasi» g‘olibiga viloyat hokimning qarori bilan tasdi-langan namunadagi guvohnoma tanatanali ravishda topshiriladi.

6.6. «Viloyat hokimi stipendiyasi» g‘olibi viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlangan namunadagi shartnoma tuziladi. g‘olib viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha iqtidorli kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

6.7. «Viloyat hokimi stipendiyasi» g‘olibi YOshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan Kengashning o‘z tashabbbusiga ko‘ra ham alohida tarzda rag‘batlantirlishi mumkin.

  1. Yakunlovchi qoidalar

7.1 «Viloyat hokimi stipendiyasi» g‘olibi ushbu Nizom talabalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.

7.2 «Viloyat hokimi stipendiyasi» g‘olibi tomonidan kundalik darslarni o‘zlashtirmaganlik , o‘quv intizomini va ilmiy odob-axloq qoidalarini buzganlik yoki ushbu Nizom yoxud shartnoma talabalarni bajarmaganlik holalarida oliy ta’lim muassasasi Jamoatchiilk Kengashi xulosasiga yoki O‘zbekiston YOshlar ittifoqi  viloyat kengashi xulosasiga yoki O‘zbekiston YOshlar ittifoqi viloyat kengashi taqdimnomasiga asosan komissiya qaroriga ko‘ra «Viloyat hokimi stipendiyasi» dan mahrum qilinishi mumkin.

7.3. «Viloyat hokimi stipendiyasi»dan mahrum qilinganda shartnoma o‘z kuchini yo‘qotadi, guvohnoma qaytarib olinib, zaxira kadrlar ro‘yxatidan chiqariladi.

7.4. «Viloyat hokimi stipendiyasi» tanlovi g‘olibi viloyat hokimligining zaxira kadrlar tarkibiga kiritilib, alohida nazoratga olinadi.

7.5. «Viloyat hokimi stipendiyasi» tanlovi g‘olibiga kamida bir yil davlat tashkilotida faoliyat ko‘rsatish majburiyati yuklatiladi.

95