alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR HARBIY TAYYORGARLIGINING YUTUQ VA MUAMMOLARI O‘RGANILDI

11:46 09.11.2018

       2018- yil 9- noyabr kuni  Andijon davlat tibbiyot institutida  «Oliy  tibbiy ta’lim muassasalarida  talabalar harbiy  tayyorgarligining dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy  anjumani o‘tkazildi. Institut Harbiy kafedrasi tomonidan tashkil etilgan  anjuman  mehmonlarini va  faxriylarni institut rahbariyati, Harbiy kafedra o‘qituvchilari va talabalari yuksak ehtirom bilan samimiy kutib oldilar.
        Dastlab institut foyesida konferensiyaning tantanali qismi bo‘lib o‘tdi.  Musiqa sadolari ostida Harbiy kafedra talabalari jangovar jismoniy tayyorgarlik mashqlari va qo‘l jangi bo‘yicha murakkab tryuklarni  bajardilar.
    So‘ngra davolash fakulteti talabasi I.Hoshimov, farmatsevtika yo‘nalishi 1-kurs talabasi Z.Mutalipovalar ijrosidagi ona Vatanni  madh  etuvchi dilbar qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi. Ayniqsa, institut yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari tomonidan  tayyorlangan chiqishlar  anjuman qatnashchilarining e’tiborini tortdi. Ular ijrosidagi Vatanga muhabbat, onalar duosining naqadar buyukligi, Vatanga xiyonatning hech qachon kechirilmasligi, yigitlik burchi, sadoqati, oila sha’nini ulug‘lovchi fazilatlar aks etgan  sahna ko‘rinishi  qalblarni to‘lqinlantirib yubordi. Har bir kishida shu jonajon O‘zbekistonga cheksiz mehr- muhabbat, tinch, osuda va farovon turmushimizga shukr qilib yashash hissini uyg‘otdi. Shundan so‘ng, ilmiy kengashlar zalida  tadbirning  asosiy qismi boshlandi. Anjumanni institut rektori M.Madazimov ochib berdi va anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi. Anjuman ishini Harbiy kafedra boshlig’i, tibbiy xizmat podpolkovnigi Akmaljon  Nasriddinov boshqarib bordi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i  o‘rinbosari Jasur  Qayumov so‘zga chiqib, anjuman ishiga va Harbiy kafedra talabalariga omad tiladi.
         Shuningdek, institut rektori M.Madazimovga harbiy tibbiyot mutaxassislarini o‘qitishdagi  va harbiy tibbiy kadrlarni tayyorlash jarayonidagi faol ishtiroki hamda harbiy kafedraning moddiy-texnik bazasini takomillashtirishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining  tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik  A.Ikramov tasdiqlagan Faxriy yorliq  tantanali ravishda topshirildi.
       Anjumanda ADTI Harbiy kafedrasi tashkilotchilaridan biri, faxriy Sardor Shamsuddinov ham so‘z olib, konferensiya ishtirokchilarini qizg‘in tabrikladi.
         Anjumanda Mudofaa Vazirligi Qurolli Kuchlari Akademiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Nusrat Xudoyarov, Mudofaa Vazirligi tibbiy-ta’minot boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, tibbiy xizmat polkovnigi Abdug‘ani Yuldashev, Mudofaa Vazirligi  harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jasur Qayumov, Mudofaa Vazirligi Qurolli Kuchlari Akademiyasi uslubiy ishlari bo‘limi boshlig‘i O‘ktam Urunov, TTA huzuridagi Harbiy ta’lim fakulteti kafedra boshlig‘i Arziqul Nurullaev, Samarqand davlat tibbiyot instituti harbiy kafedra boshlig‘i     Komil Eshquvvatov, ADTI davolash fakulteti talabalari -Mehrinoz O‘rinboeva, Jahongir To‘lanboev va boshqalar harbiy soha va harbiy vatanparvarlik  har bir fuqaro uchun muhim ekanligini ta’kidlab,  dolzarb mavzularda ma’ruzalar qildilar.
          Anjuman davomida mehmonlar institut ko‘rgazmalar zalinin tomosha qildilar.
     Shuningdek, institut simulyatsion o‘quv markazi  va harbiy kafedrasining faoliyati bilan  yaqindan tanishdilar va katta taassurot oldilar.
           K.Eshquvvatov: – Konferensiyadan juda katta taassurot oldim. Ayniqsa, institutda ochilgan  simulyatsion markaz menga juda ma’qul bo‘ldi. Bunday markazlar oliy tibbiy ta’lim muassasalari  uchun juda zarur deb o‘ylayman. Chunki talabalarimiz va harbiy kursantlarimiz  o‘z amaliy ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ular olgan ko‘nikmalari asosida kelgusida malakali shifokor bo‘lib tayyorlanadilar.
          J.Eshpulatov:- Men Farg‘ona shahridan keldim. Samarqand davlat tibbiyot instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi harbiy tibbiyot fakultetida o‘qiganman. Bunday konferensiyada birinchi marta ishtirok etishim. Andijon davlat tibbiyot institutiga ham ilk bor tashrif buyurdim. Anjuman juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi.
        Anjuman yakunida ishtirok etgan  faol  qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.
Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!