(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Talabalar hokim lavozimida

08:31 29.01.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yilning 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda o‘tkazgan uchrashuvda “2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish bo‘ladi”, degan so‘zlari viloyatda amaliy ifodasini topmoqda.

Jumladan, «Kelajak bugundan boshlanadi, biz yoshlarimizga ishonamiz!» shiori ostida «Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi amalga oshirilmoqda. Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan hokimlik saotida Sh.Abdurahmonov viloyat hokimining 7 ta o‘rinbosari, tuman va shahar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari vazifasiga o‘n kun muddatga yoshlar vakillaridan mas’ullarni tayinlandi. Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining har biriga lider yoshlardan vakillar biriktirildi.

Ular faollarga tanishtirilib, vazifalari tushuntirildi. Viloyat hokimining yangi o‘rinbosarlari, tuman-shahar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari boshlang‘ich ish-rejalar, xizmat mashinalari bilan ta’minlandilar. O‘n kunlik yakuni bo‘yicha har bir viloyat hokimining o‘rinbosari, tuman va shahar hokimlari, ularning o‘rinbosarligiga tayinlangan, deputatlarga biriktirilgan yoshlar o‘z faoliyati yuzasidan viloyat hokimiga hisobot taqdim etadilar.

Keyingi bosqichda MFY raislari, viloyat korxona, tashkilot, boshqarmalari boshliqlari, huquq-tartibot organlari rahbarlari, xattoki viloyat hokimi vazifasini bajarish uchun vaqtinchalik yoshlar tayinlanadilar

O‘n kun muddatga mas’ul lavozimlarga tayinlangan yoshlar qatorida Andijon davlat tibbiyot instituti talablari ham borligi institut jamaosini fahrlantiradi.