alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Talabalar klinik bilimlarini mustahkamladilar

16:24 12.02.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv simulyasion markazi Otorinolaringologiya xonasida 5-kurs pediatriya fakulteti  517-gurux talabalari bilan o‘rta quloqning surunkali kasalliklari va uning asoratlari, bolalarda o‘ziga xos kechishi, antrit, mastoidit, chakka suyagi soxasida asoratlari mavsusida Otorinolaringologiya kafedrasi assistenti  Bisyorbek Bahodir o‘g‘li O‘lmasov tamonidan ochiq amaliy mashg‘ulot olib borildi.


Ochiq amaliy mashg‘ulotga pediatriya fakulteti dekani A.A.G‘ofurov, pediatriya fakulteti dekani movuni Sh.Bozorov, Simulyasion o‘quv markazi mudiri N.A.To‘xtarova, Otorinolaringologiya kafedrasida o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ul A.A.Tojiboev, shuningdek Andijon davlat tibbiyot instituti bilan tanishish maqsadida kelgan ADTI akademik litseyi 1-kurs talabalari tashrif buyurdilar.


Mashg‘ulotda barcha talabalar faol qatnashdilar. Yangi pedagogik texnologiyalar yordamida talabalar o‘z bilim va tajribalarini, nazariy va amaliy bilimlarini oshirdilar.


Maxsus o‘quv mulajlaridan foydalangan holda amaliy mashg‘ulotlarni qadamma qadam bajarish orqali klinik bilimlarini mustaxkamladilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!