alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Talabalar maktabda tadbir o’tkazishdi

15:14 30.11.2019

Andijon davlat tibbiyot insituti Fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi xodimlari va pediatriya fakulteti 413-, 416-guruh talabalari Andijon shahridagi 24-umumta’lim maktabda 1-dekabr – “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni”ga bagishlab “OITS – asr  vabosi” nomli tadbir o’tkazishdi.

Maktabning 10-, 11-sinf o’quvchilari ishtirok etgan tadbir davomida talabalar ushbu fojeaviy kasallikka oid taqdimot  va videorolik namoyish etib, OIV infektsiyasi va OITSni dunyo bo’yicha tarqalishi, yuqish yollari, klinik bosqichlari, oldini olish va davolashga oid yangi ma’lumotlar bilan tanishtirdilar.


O’quvchilarni  ushbu kasllikka oid bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Bilimlar daraxti” nomli qiziqarli o’yin o’tkazildi va  savollarga tog’ri javob bergan o’quvchilar sovg’alar bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari, o’quvchilar o’zini qiziqtirgan  ko’plab savollariga  javoblar  olishdi.

Tadbir yakunida bitiruvchi sinf o’quvchilarini kasbga yonaltirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot insituti haqida videorolik ham namoyish etildi va tibbiyot sohasiga qiziqqan o’quvchilarga kerakli ma’lumotlar yetkazildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!