alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR O‘RTASIDA VIKTORINA O‘TKAZILDI

11:39 07.12.2021

TALABALAR O‘RTASIDA VIKTORINA O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida ma’lumotlarga egamisiz? Sizni birdan mavzu borasida savollarga tutib qolishsa, darrov javob bera olasizmi?

Erta tongdan darsga oshiqayotgan talabalarning Bosh Qomusimiz borasidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Pediatriya fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.Baydullayev, tyutorlar G.Ahunjonova, M.Yunusova hamda 305-guruh talabalari tomonidan “Qomusimiz – baxtimiz” mavzusida talabalar o‘rtasida viktorina tashkil etildi. Kimdir hech ikkilanmay to‘g‘ri javobni aniq ayta olgan bo‘lsa, yana kimdir biroz o‘ylanib qoldi. Maqsad – konstitutsiyaviy bilimlarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Aniq va to‘g‘ri javob bergan talabalar munosib taqdirlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!