alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Talabalar o‘z iste’dodini yuksak darajada namoyon etishdi.

12:40 18.12.2019

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Talabalar forumi doirasida o‘tkazilgan Talabalar teatr studiyalari festivali nihoyasiga etdi.

Festival uch bosqichda o‘tkazilib, dastlabki bosqichda OTMlarning 103 ta teatr jamoasi qatnashdi. Festivalning yakuniy respublika bosqichiga 6 ta talabalar teatr studiyasi etib keldi.

Yakuniy bosqichda Andijon davlat tibbiyot institutining “Shifokorlar” talabalar teatr studiyasi “Ko‘cha bolalari”, TDIU “Iqtisodchi” talabalar teatr studiyasi “Ozodlik”,  JizPI “Ibrat” talabalar teatr studiyasi “Ustoz”, QarDU “Ziyo” talabalari teatr studiyasi “Naxshab afsonasi «, TTA Urganch filiali “Ko‘zmunchoq” talabalar teatr studiyasi “Eski shahar gavroshlari” hamda TDSI “Shifo” teatr studiyasi “Nodirabegim” spektakli bilan ishtirok etdilar.

Talabalar teatr studiyalari tomonidan namoyish etilgan spektakllar tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Teatr va kino sohasining malakali professor-o‘qituvchilaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan talabalar ijrosi yuqori baholandi.

Festival yakunida Andijon tibbiyot institutining “Shifokorlar” talabalar teatr studiyasi aktyori Ollohberdi Isoqjonov “Eng yaxshi erkak roli uchun” naminatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Qarshi davlat universiteti “Ziyo” talabalar teatr studiyasining “Nahshab afsonasi” spektakli  “Eng yaxshi spektakl” deb topildi  Jizzax politexnika instituti “Ibrat” talabalar teatr studiyasining “Ustoz” nomli psixologik dramasi  “Dolzarb mavzuning sahnadagi talqini uchun” mukofotlandi.

“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi g‘olibi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Iqtisodchi” talabalar teatr studiyasi rahbari Xayrulla Hasanov bo‘ldi. “Milliy an’ana va qadriyatlar tarannum etilgan eng yaxshi asar” deb Toshkent davlat stomatologiya instituti “Shifo” teatr studiyasining “Nodirabegim” spektakli topildi.

Festivalning g‘olib va sovrindorlari Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi tomonidan esdalik sovg‘asi va diplom bilan taqdirlandi. Festival davomida talabalar sahna madaniyati bo‘yicha o‘z mahoratlarini yuksak darajada namoyon etishdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!