alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Talabalar turar joyi – mening uyim”

10:38 19.12.2019

Talabalik – oltin davr. Talabalik davri inson hayotidagi unutilmas lahzalarga boy bo‘ladi. Oila davrasidan yiroqda – Talabalar turar joyida istiqomat qilib mustaqil hayot saboqlarini olish ham talaba uchun bir maktab. Talabalar turar joyi talabaning yaxshi-yomon, ijobiy-salbiy tamonlarini yoqqol ko‘rsatib qo‘yadigan makon. Qaysi talaba Talabalar turar joyi – TTJda hurmat topgan ekan, bilinki u hayotda ham o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, mustaqil faoliyati davomida ham hurmat topadi.


Andijon davlat tibbiyot instituti Talabalar turar joyida talabalarni har tomonlama etuk insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ular bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishlari uchun bir qator to‘garaklar ish olib boradi. Yangi yil bayram munosabati bilan hamda TTJda istiqomat qiluvchi iste’dodli yoshlarni aniqlash maqsadida “Talabalar turar joyi – mening uyim” mavzusi ostida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.


Ko‘rik-tanlov TTJdagi 4 ta qavatda yashovchi talabalardan tuzilgan 4 ta jamoa o‘rtasida o‘tkazildi. Dastlabki shart qavatlarning Yangi yil munosabati bilan bayramona bezatilishi bo‘yicha bo‘ldi. TTJ qavatlarining ozodaligi, did bilan bezatilishi institut dekanlaridan iborat hakamlar hay’atining etiborida bo‘ldi.


Ikkinchi shart taom – o‘zbekning milliy palovini tayyorlash bo‘yicha bo‘ldi. Chunki talaba TTJda o‘zi uchun o‘zi taom tayyorlaydi-da. Bu shartda barcha ishtirokchilar bajonu dil ishtirok etishdi. Chunki talabalar qatorida “o‘ziga ishongan” oshpazlar anchagina ekan. Ularning mahoratiga palovdan totib ko‘rgan hakamlar “yaxshigina” baho berishdi.


“Talabalar turar joyi – mening uyim” ko‘rik-tanlovining 3-sharti sport musobaqasi – kuchlilarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazildi. Odatga ko‘ra sport bahslari juda katta qiziqish, ko‘pchilikning ishtirokda o‘tdi.


Lekin tanolish kerakki, o‘yin-kulguga oshno talabalar 4- va 5-shartlarda mazza qilishdi. Raqslar, qo‘shiqlar ijro etish bahsi barchaga manzur, barchaning e’tiboridagi bahs bo‘ldi.


Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari  surilgan beshta muhim tashabbus yo‘nalishlarini qamrab olgan “Talabalar turar joyi – mening uyim” mavzusi ostidagi ko‘rik-tanlovning barcha ishtirokchilari institut ma’muriyati tomonidan rag‘batlantirildi. Chunki har bir ishtirokchi o‘z iste’dodini, iqtidorini ko‘rsatishga harakat qildi. Bu esa tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad edi. Yana bir muhim tomoni, Andijon davlat tibbiyot instituti Talabalar turar joyida talabalar yoshlikning oltin davrini mazmunli va samarali o‘tkazishdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!