Talabalar turar joyida “Boburxonlik kechasi”

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti Talabalar turar joyida Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan adabiy kecha o‘tkazildi.

Davolash fakulteti dekanati va psixiatriya va narkologiya  kafedrasi  tomonidan tayyorlangan tadbirni kafedra katta o‘qituvchisi M.B.Usmanova ochib berdi. Kafedraning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’uli  S.A.Dalimova o‘z so‘zida Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqida so‘zlab berdi.

Shundan so‘ng Davolash fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.D.Karimov shox va shoir Bobur davlat arbobi sifatida olib borgan bunyodkorlik ishlari va ma’rifatparvarligi hakida batafsil aytib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon viloyati musikali drama teatrining taniqli aktyori Zafarbek Sayidburxonov Zahiriddin Muhammad Boburning Andijon xakidagi monologi katta olqishlar bilan kutib oldilar.

Tadbirda qatnashgan talaba-yoshlar ham Boburning lirik g‘azal va ruboiylaridan aytib berdilar.

Tadbir yakunida davolash fakulteti dekani B.YU.Mamatov so‘z olib Babur hayoti va ijodi har bir andijonlik uchun ibrat maktabi ekanligi ta’kidlab o‘tdi va tadbirda faol ishtirok etganlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

 

Ulug‘bek Karimov

Davolash fakultetining yoshlar bilan

ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

90