alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Talabalar turar joyida “Koronavirus kasalligi” mavzusida tadbir

15:44 04.03.2020

Andijon davlat tibbiyot  instituti Talabalar turar joyida “Koronavirus kasalligi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda Pediatriya fakulteti dekani A.A.G‘ofurov, Davolash ishlari bo‘yicha ma’sul B.Mirzakarimov, yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri D.B.Mirzakarimova, yuqumli kasalliklar kafedrasi xodimlari va talabalar turar joyida yashovchi  talabalar ishtirok etishdi.
 

Andijon davlat tibbiyot  instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Tadbirda so‘z olgan Davolash ishlari bo‘yicha ma’sul B.Mirzakarimov dunyodagi barcha xalqlarni sergaklikka chaqirgan koronavirus kasalligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Andijon davlat tibbiyot  instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Yuqumli kasalliklar kafedra mudiri D.B.Mirzakarimova  koronavirus kasalligi xaqida, qanday qilib o‘zimizni ximoya qilishimiz kerakligi va bu kasallikni oldini olish borasida respublikamiz va institut miqyosida qilinayotgan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Andijon davlat tibbiyot  instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar talabalarga koronavirus kasalligi to‘g‘risida umumiy tushunchalar berdi, kasallikni yuqish mexanizmi, patogenezi, klinik kechishi, simptomlari va davolash usullari to‘g‘risida gapirib o‘tdilar. Tadbir savol-javoblar va qizg‘in mulohazalarga boy o‘tdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!