alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Talabalar turar joyida yangi tamaddixona ochildi “BOOK KAFE” – talabalar xizmatida

14:23 04.09.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalar turar joyida yangi o‘quv yili munosabati bilan talabalarga  qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida institut rektori M.Madazimov tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi bilan  yangi innovatsion g‘oya asosida tamaddixona tashkil qilindi.

Ilgari maqsadli foydalanilmay turgan bino yosh tadbirkor  Oybek Madrahimov tomonidan qayta ta’mirlanib, zamonaviy, shinam va ozoda qahvaxonaga aylantirildi.

Talabalar uchun arzon, sifatli va tezda tayyor bo‘ladigan oziq- ovqatlar tayyorlashga mo‘ljallangan tamaddixonaga “BOOK KAFE” nomi berildi. Bir vaqtning o‘zida 70 nafar mizojga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan mazkur tamaddixonada 6 nafar ishchi xizmat qilmoqda. Kafeda talabalarning to‘g‘ri ovqatlanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bosh maqsad qilib olindi. Shuningdek, bu yerda kutubxona tashkil etilib, televizor, WIFI hududi o‘rnatildi. Devoriy taxmonlarga gullar, kitob va jurnallar qo‘yildi. Endi talabalar tamaddi qilish barobarida televizor ko‘rib, madaniy dam olishi, dunyo yangiliklaridan boxabar bo‘lib, kitob-jurnallar  o‘qishi, dars tayyorlash imkoniga ham ega bo‘ladilar. Yaratilgan barcha sharoitlar talabalarning yaxshi yashab, a’lo o‘qishlari va chuqur bilim olib, yuksak kamolotga erishishlari uchundir.

2019 yil 3 sentyabr kuni  mazkur kafening ochilishi munosabati bilan  ehson tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, mehnat faxriylari va partiya faollari  ishtirok etdilar. Mehmonlar bir piyola choy ustida suhbat qurib, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bundan-da ziyoda bo‘lishini tilab, duo qildilar.

Ra’noxon Hayitboyeva,

“Tibbiyot gulshani” gazetasi muharriri 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!