alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR TURAR JOYIDAGI KUTUBXONA YANGI KITOBLAR XAZINASI BILAN BOYIDI

21:08 19.01.2023

Andijon davlat tibbiyot institutining talabalar turar joyiga «Kitob karvoni» loyihasi doirasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 300 turdagi zamonaviy hamda tarixiy jahon va o’zbek adabiyoti namunalari hamda QR kodli stendlar taqdim etildi.

Mazkur kitoblarni kutubxonaga topshirish jarayonida Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasi rahbari O.Yuldashev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi. Tadbirda so’z olganlar kitob – yoshlarni ilm olib, izlanishlari hamda dunyoqarashlarini kengaytirishlarida juda muhim ekanligini ta’kidladilar.

Mazkur xayrli ish talabalarimizning o’z bilimlarini yanada boyitishlari va yangiliklarni o’rganishlari uchun yana bir imkon bo’ldi.