TALABALAR UCHUN IBRATLI FILM NAMOYISHI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR UCHUN IBRATLI FILM NAMOYISHI

20:44 09.02.2026

Bugun, 9-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Amaliyotchi qiz” kino filmi namoyish etildi. Film dual ta’lim — nazariya va amaliyot uyg‘unligi asosida ta’lim olish g‘oyasini targ‘ib etishga qaratilgan bo‘lib, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan tasvirga olingan. Unda yuridik sohada tahsil olayotgan amaliyotchi qizning maqsadga sodiqligi, intiluvchanligi, insonparvarligi va mehnatkashligi orqali yoshlar uchun ibrat bo‘ladigan hayotiy voqealar yoritilgan.

Namoyish avvalida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov so‘zga chiqib, kino san’ati va uning inson ongiga, dunyoqarashi hamda tarbiyasiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri haqida fikr bildirdi. U bunday filmlar yoshlarni kasbiy mas’uliyat, qat’iyat va insonparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi xodimlari, viloyatdagi davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Film namoyishi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularni tanlagan kasbiga mas’uliyat bilan yondashishga va bilimlarini amaliyot bilan uyg‘un holda rivojlantirishga undadi.

Skip to content