
Yurtimiz bo‘ylab, Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalarida va hududlarda qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Andijon davlat tibbiyot institutida ham mazkur loyiha doirasida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan bugun, 18-iyun kuni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov tomonidan startap loyihalar, innovatsion ishlanmalarni amalga oshirishni qo‘llab quvvatlash maqsadida seminar-trening o‘tkazildi.
Unda institutni ilmiy izlanishlarga jalb etish, ularni turli xil grant tanlovlari, nomli davlat stipendiyalarida ishtirok etishga tayyorlash borasida tushunchalar berildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlash, ariza yozish, ilmiy maqolalar tayyorlash, tanlov mezonlariga moslashish kabi amaliy ko‘nikmalar berildi. Mazkur tadbir iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim qadam bo‘ldi.