alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR VA OʻQUVCHILAR – MAQSADLAR BIRLASHDI

14:49 30.06.2022

30-iyun – Yoshlar kunida Andijon davlat tibbiyot instituti oʻzgacha kayfiyat tus oldi. Institutga biriktirilgan viloyatimizdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarining biritiruvchi oʻquvchilari mehmon boʻldilar.

Bugun yoshlar chinakamiga bir maqsad sari birlashdilar. Institutimizda talabalarning sifatli taʼlim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ularga iqtidorli talabalarimiz hamroh boʻldilar. Inkubatsiya va akseliriatsiya, Simulyatsion markazlari, Axborot-resurs markazi hamda Anatomiya va klinik anatomiya muzeyidagi sharoitlar oʻquvchilar uchun motivatsiya boʻldi. Boisi ular institutimizning boʻlgʻusi talabalari desak mubolagʻa emas.

Qiziqarli sayohatdan soʻng rektor va yoshlar uchrashuvi ham oʻtkazildi. Unda institutimiz rektori M.Madazimov hamda prorektorlar oʻquvchilarni bugungi bayram bilan qutlab, kelajagimiz egalari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, eʼtibor va ragʻbatlar, fakultetlar va oʻquv jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdilar. Oʻquvchilarning savollariga ham javob berdilar. Shuningdek, uchrashuv davomida Davlat mukofoti, nomdor stipendiya sohiblari, olimpiada gʻoliblari bilan ham suhbat olib borildi. Unda talabalarimiz qoʻlga kiritgan yutuqlari, orzu-istaklari, gʻoliblik nashidalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Qaysi oliy taʼlimga xujjat topshirsam ekan, deb oʻylanayotgan bu oʻquvchilar mazkur uchrashuvdan soʻng qatʼiy qarorga kelgan boʻlsalar ajab emas. Chunki shifokorlik kasbining ilk bosqichlaridan taʼlim olgan texnikum oʻquvchilari, aniq bir mutaxassislik boʻyicha oʻqishni davom ettiradilar albatta.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!