Talabalar va yosh olimlar diqqatiga!

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutda  joriy yilning aprel oyida  “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ga bag‘ishlangan “Ichki kasalliklar dolzarb muammolari” mavzusida yosh olimlarning respublika ilmiy-amaliy videokonferensiyasi o‘tkaziladi.

Ilmiy-amaliy videokonferensiya doirasida “Ichki kasalliklar dolzarb muammolari” mavzusida to‘plam chop ettiriladi. To‘plam uchun o‘z maqola va tezislaringizni 5 martdan 5 aprelga qadar ADTI Ilmiy bo‘limiga topshirishingiz mumkin.

Qadrli talabalar va yosh olimlar, respublika ilmiy-amaliy videokonferensiyada faol qatnashing va g‘olib bo‘ling!

Tashkiliy qo‘mita

45