TALABALAR YOZGI ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTIDA

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998- yil 30- oktabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy  ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi  Nizom»ga asosan 4-5-kurs davolash, pediatriya va stomatologiya fakultetlari talabalari o‘quv rejaga asosan yozgi ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashmoqda.

Talabalar amaliyoti Andijon, Farg‘ona, Namangan  viloyatlari SSBlariga qarashli davolash profilaktik muassasalarida yuqori saviyada olib borilmoqda. Talabalar amaliyoti ularning nazariy bilimlarini amaliyotga bog‘lagan holda o‘z ustida ishlashga, malaka va ko‘nikmalarni puxta egallashga, ilmiy adabiyotlar bilan ishlashga o‘rgatish, tibbiyotning dolzarb muammolari bilan yaqindan tanishtirishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sog‘liqni saqlashni isloh qilish bo‘yicha chiqargan Qaror va Farmonlarni o‘rganish va ijrosi ta’minotida ishtirok etishga, Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari bilan tanishish kabi masalalarga yo‘naltirilgan holda olib borilmoqda.

Talabalar amaliyoti aksariyat kelgusida o‘zlari faoliyat olib boradigan yashash joyidagi davolash-profilaktik muassasalarida o‘tkazilmoqda.

Talabalardagi kasbiy mahoratini  yanada puxta egallashi uchun amaliyot ob’ektlaridagi etuk mutaxassislar bilan ustoz-shogird tizimi tashkil etildi. Shuningdek, talabalar kasbiy faoliyat olib boradigan hududlarida davolash va tekshirishning zamonaviy tibbiy asbob-uskunalari bilan ta’minlangan davlat sherikchiligidagi xususiy shifoxonalar bilan ham shartnomalar tuzilib talabalar amaliyoti tashkil etildi.

677